77
molekulalar bilan birga bitta nukleotid zanjiri baqa DNKlaridan,
ikkinchi zanjiri esa quyon DNKlaridan iborat bo‘lgan duragay
molekulalar yuzaga kelishi mumkin.
Bu xildagi duragay molekulalar mukammal bo‘lmaydi. Ularda
spiral holiga kelgan qismlar spirallashmagan qismlar bilan navbatlashib
boradi. Shundan ko‘rinib
turibdiki, spirallashmagan qismlarda
polinukleotid zanjirlar bir-biriga komplementar bo‘lmaydi. DNK bilan
DNK duragaylari (DNK–DNK duragaylari)ning mukammal emasligini
elektron mikrosko‘p yordamida bilib olsa bo‘ladi. DNK – DNK
duragaylashni o‘rganish biologiya uchun muhim bo‘lgan quyidagi
xulosalarni chiqarishga imkon beradi:
1. Bitta organizmning barcha a’zo va to‘qimalaridagi
DNKlar bir-
biriga o‘xshashdir.
2. Bitta biologik turga mansub turli individlarning to‘qimalaridan
ajratib olingan DNKlar bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Biroq kichik
tafovutlar bo‘lishi mumkinki, bularni duragaylash usuli bilan topib
19-rasm.
DNK qayta denaturatsiya va renativatsiya bosqichilari
78
olsa bo‘ladi (komplementarmas qismlarda 3-5
tadan ortiq nukleotid
qoldiqlari bo‘lganida qo‘sh spirallar yuzaga kelmaydi).
3. Har xil biologik turlarga mansub individlardan olingan DNKlar
bir-biriga o‘xshash bo‘lmaydi, mukammal bo‘lmagan duragay
molekulalar hosil qiladi. Turlar o‘rtasidagi filogenetik qon-qardoshlik
nechog‘lik uzoq bo‘lsa, DNK-DNK duragaylarning mukammal
bo‘lmaslik darajasi shu qadar yuqori bo‘ladi.
Shu munosabat bilan
DNK–DNK duragaylash usulini organizmlar sistematikasini aniqlash
uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lib chiqadi.
DNKni duragaylash usuli bilan o‘rganish DNKning birlamchi
strukturasi turga xos spetsifik bo‘lishi bilan xarakterlanishini ko‘rsatib
beradi.
Dostları ilə paylaş: