Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

E+I 

 EI
Fermentlarning qaytmas ingibirlanishi mustahkam ferment va
ingibitor ta’sirida birikma hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi:
E+ I 

 Å I
EI kompleksining hosil bo‘lishi kataliz jarayonida ishtirok etuvchi
ferment funksional guruhlari bilan kovalent bog‘ hosil bo‘lishi hisobiga
boradi. Ta’sir mexanizmiga ko‘ra qaytar ingibirlanish quyidagicha
bo‘linadi (39-rasm):
1) raqobatli;
2) raqobatsiz;
3) raqobat qilmaydigan;
4) substrat;
5) allosterik.
Raqobatli ingibirlanishda ingibitor fermentning substrat bilan
birikadigan funksional guruhlari bilan birikadi. Raqobatli ingibitorlar
odatda substrat bilan tuzilishi jihatidan o‘xshaydilar. Klassik misol bo‘lib
SDGning malonat kislotasi bilan ingibirlanishi hisoblanadi, u qahrabo
kislota bilan struktura jihatidan o‘xshashdir; akonitaza ftorlimon kislota
bilan ingibirlanadi. Raqobatli ingibitor bilan substratning o‘xshashligi
natijasida bunday ingibirlanish izosterik ingibirlanish deb ham ataladi.


125
39-rasm
. Ingibirlanish turlari
Raqobatsiz ingibirlanishda ingibitor ferment bilan funksional
bo‘lmagan guruhlar orqali bog‘lanadi. Raqobatsiz ingibirlanishga sianid
kislota, kimyoviy birikmalar, natriy ftorid, natriy azid va boshqalar ta’siri
misol bo‘la oladi. Ular ferment katalitik markaziga kiruvchi SH-
guruhlarni bog‘lab oladi. Raqobatsiz ingibitor ta’sirini substrat miqdorini
ko‘paytirib bartaraf qilish mumkin emas. Ingibitorga bog‘lovchi
moddalar bilan ta’sir etish mumkin. Bunday moddalar reaktivatorlar
deb yuritiladilar. Raqobat qilmaydigan ingibirlanish deb, ferment-
substrat kompleksiga ingibitorning birikishi bilan boradigan fermentativ
reaksiyaning pasayishiga aytiladi. Raqobat qilmaydigan ingibitor
ferment bilan substratsiz muhitda birikmaydi. Ayni vaqtda, ingibitor
substratning ferment bilan bog‘lanishini yengillashtiradi, keyin esa o‘zi


126
ferment-substrat kompleksi bilan birikib, ferment faolligini ingibirlaydi.
Bu ingibirlanishning kam uchraydigan turidir.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin