Biokimyo pmd


Fermentativ kataliz mexanizmi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Fermentativ kataliz mexanizmi.
Fermentlar ta’sir etish
mexanizmini o‘rganishda Mixaelis va Mentenning ferment-substrat
kompleksining mavjudligiga bag‘ishlangan izlanishlari muhim rol
o‘ynadi. Fermentativ kataliz jarayonini 2 bosqichga bo‘lish mumkin
(38-rasm).
38-rasm

Turg‘un bo‘lmagan ferment-substrat kompleksining hosil bo‘lishi
Birinchi bosqichda substrat fermentga diffuziyalanadi va
fermentning faol markazi bilan bog‘lanadi va ferment-substrat
kompleksi hosil bo‘ladi (ES). Ikkinchi bosqichda birlamchi hosil bo‘lgan
ferment-substrat kompleksi reaksiya mahsulotini faol markazdan
ajralishi va tashqi muhitga diffuziyalanishi kuzatiladi (ÅS kompleks E
va P ga ajraladi). Birinchi bosqich juda tez kechadi va uning tezligi
substrat konsentratsiyasiga va uning faol markazga diffuziyalanishiga
bog‘liq. Ikkinchi bosqich qisqa bo‘lib hosil bo‘lgan moddaning muhitga
diffuziyalanishiga bog‘liqdir.


119
Fermentlarning spetsifikligi.
Ko‘p substratlardan bir yoki bir necha
kimyoviy tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lganlarni tanlab olish
xususiyatiga fermentlarning spetsifikligi deyiladi. Fermentlarning yuqori
spetsifiklikka ega bo‘lishi termodinamik sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
kimyoviy reaksiyalardan faqat ba’zilarini tanlab oladi va shuning uchun
metabolik jarayonlarni umumiy yo‘nalishini ko‘pincha aniqlaydi.
Quyidagi spetsifiklik turlari tafovut etiladi:
1. Absolut spetsifiklik.
2. Absolut-guruh spetsifikligi.
3. Nisbiy guruh spetsifikligi.
4. Nisbiy spetsifiklik.
5. Steriokimyoviy spetsifiklik.
Absolut spetsifiklikka
faqat bitta substratga ta’sir eta oladigan va
o‘xshash bo‘lgan molekulalar bilan ta’sir etmaydigan fermentlar egadir.
Masalan: ureaza, aspartaza, arginaza va boshqalar.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin