Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Enzimoterapiya
– fermentlardan kasalliklarni davolashda
foydalanish:
1. Oshqozon-ichak yo‘lida tegishli bezlardan fermentlar kam ishlab
chiqarilganda (pepsin, pankreatin, festal, panzinorm).
2. Turli yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini davolashda: tripsin,
ximotripsin va boshqalar.
3. Qon va boshqa suyuqliklarda ferment yetishmaganligida ferment
preparatlari yuboriladi.
4. Tomirlardagi tromblarni eritish uchun (insult, infarkt miokardda)
proteolitik fermentlardan foydalaniladi: fibrinolizin, brinaza, brinolaza
(aktinomitsetlardan), streptokinaza va urokinaza.
5. Zararli o‘simtalarni kompleks davolashda, masalan,
asparaginazalimfoblast leykozlarni davolashda qo‘llaniladi (bu hujayralar
asparaginning yetishmasligiga sezgirdirlar, chunki asparaginsintetaza
fermentini saqlamaydilar). Poliaminooksidaza eksperimental o‘smalarni
davolashda foydalaniladi (ular poliaminlarni oksidlovchi ferment
saqlamaydilar, shu sababdan to‘planishi vujudga keladi).
6. Ferment ingibitorlari o‘tkir pankreatit, artrit, allergik kasalliklarni
davolashda qo‘llaniladi. Xolinesteraza, karboangidraza,
monoaminooksidaza va proteolitik fermentlar ingibitorlaridan
foydalaniladi.
Fermentlardan analitik reagentlar
sifatida laboratoriya tashxisida
qo‘llaniladi. Klinik va biokimyoviy laboratoriyalarda organik moddalarni
fermentativ usullar yordamida aniqlashdan muvaffaqiyat bilan
foydalanilmoqda. Fermentlardan foydalanish qon, siydik, to‘qima va
boshqa biologik materiallarda kam miqdordagi glyukoza, etanol,
siydikchil, siydik kislotasi, aminokislotalar, lipidlar, xolesterin,
nukleotidlar va boshqalarning miqdorini aniqlashga imkon beradi.
Glyukoza va boshqa uglevodlarni fermentativ aniqlash usullari spetsifik
fermentlardan foydalanishga asoslangandir. Glyukozani aniqlash uchun
quyidagi fermentlardan foydalaniladi:
a) glyukozoksidaza, glyukozani glyukon kislotasi va H
2
O

gacha
oksidlaydi;
b) geksokinaza, ushbu reaksiyani katalizlaydi
glyukoza+ATF 
→ 
glyukoza-6-fosfat+ADF


133
d) glyukoza – 6 – fosfatdegidrogenaza glyukozani NAD yordamida
glyukozolaktongacha oksidlaydi.
Glyukozani biomateriallarda glyukozoksidaza yordamida aniqlash
keng tarqalgan ferment usuli hisoblanadi. Glyukozaning miqdori haqida
eritmada kislorod konsentratsiyasining kamayishi yoki hosil bo‘lgan
H
2
O
2
miqdori bo‘yicha tahlil qilinadi.
Etanolning miqdorini aniqlash alkogoloksidaza yoki
alkogoldegidrogenazadan foydalanishga asoslangan. Alkogoloksidaza
etanolning havo kislorodi bilan atsetaldegid va H
2
O

gacha oksidlanishini
katalizlaydi.

Alkogol DG etanolni aldegid va NADH
2
gacha oksidlaydi.
Keyingi yillarda etanolni aniqlashning fermentativ elektrod usuli
yaratilgan.
Siydikchilni aniqlash ureaza fermenti yordamida uning NH
4
+
va CO
2
ga parchalanishiga asoslangan.

Ureaza eritmalaridan anilizatorlarda
foydalaniladi. Hosil bo‘lgan NH
4

ishqor ta’sirida gazsimon ammiakka
aylanadi va u NH
3
ni sezuvchi elektrod yordamida aniqlanadi.
Shuningdek, fermentli membran elektrodlardan ham foydalaniladi,
ularda ureaza eritmasi dializ plenkalari orasiga joylashtiriladi.
Siydikchilni aniqlash uchun ikki fermentli sistemadan ham
foydalaniladi (ureaza-glutamatdegidrogenaza) va miqdoriy aniqlash
spektrofotometrda NADH

ni aniqlashga asoslangan. Siydik kislotani
fermentativ aniqlash uning kislorod bilan allontoin va H
2
O

gacha
urikaza ishtirokida oksidlanishiga asoslangan. Teshikli shishaga
immobillangan urikaza oqar mikroreaktorlarda ishlatiladi.
Aminokislotalarni aniqlash L-aminooksidaza fermentlaridan
foydalanishga asoslangan. Ular aminokislotalarni havo kislorodi
yordamida ketokislota, H
2
O
2.
va NH
3
gacha oksidlaydi. Bu jarayon
elektrokimyoviy usulda aniqlanadi. Hozirgi vaqtda laktat, piruvat, 3 –
oksibutiratlarni NADH

konsentratsiyasining o‘zgarishiga qarab
spektrofotometrik yoki elektrokimyoviy aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
Glitserinni aniqlash uchun glitserinkinaza, glitserin-3-
fosfatdegidrogenaza usullari qo‘llaniladi. Lipid va fosfolipidlarni
topishda birinchi bosqichda spetsifik lipaza va fosfolipaza
fermentlaridan foydalaniladi. Xolinfosfatidlarni spetsifik tahlil usuli
xolinoksidaza fermentini qo‘llashga asoslangan. Uning yordamida xolin
betain va H
2
O

ga parchalanadi. Vodorod peroksidi peroksidaza usuli
bilan topiladi. Xolesterinni fermentativ aniqlash usullari
xolesterinoksidazadan foydalanishga asoslangan, u xolesterinni xolestan
– 4 – ona – 3 va H
2
O
2
gacha oksidlaydi. Oxirgi mahsulot polyarografik,


spektrofotometrik, fluorimetrik, xemilyuminessent usulida aniqlanadi.
Fermentlar bilan xolesterin aniqlaganda usulning sezuvchanligi va
spetsifikligini oshiradi, shuningdek tekshiruv o‘tkazishni
soddalashtiradi. Spesifik degidrogenaza va diaforaza qon plazmasida
1mkMgacha o‘t kislotalarini fluorimetrik indikatsiya qilishga imkon
beradi.
Ferment usullari NAD, NADF, FMN va ATF miqdorini topishga
imkon beradi. NAD miqdorini aniqlash uchun LDG fermenti
qo‘llaniladi. Bakterial ferment lyutsiferaza NAD, FMN, ATF miqdorini
aniqlash uchun foydalaniladi. Guaninnukleotidlarni fermentativ tahlili
spetsifik nukleotidkinazalar yordamida o‘tkaziladi, oxirgi mahsulot
NADF yoki ATF miqdori aniqlanadi.


VI BOB

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin