Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA


avitavminoz
ga 
sababchi bo‗ladi, u har bir vitamin uchun o‗ziga xos alomatlar orqali namoyon 
bo‗ladi. Ko‗pincha qisman vitamin yetishmasligi – 
gipovitaminoz
holatlari 
uchraydi, ular birlamchi va ikkilamchi bo‗lishi mumkin yoki ular 
ekzogen
yoki 
endogen
omillarga bog‗liq bo‗ladi. 
Birlamchi gipovitaminoz yoki avitaminoz
bevosita ovqat mahsulotlari 
tarkibida u yoki bu vitaminni yetarli darajada bo‗lmasligi yoki umuman 
bo‗lmasligi natijasida kelib chiqadigan, ya‘ni 
ekzogen omillar
bilan bog‗liq 
bo‗ladi.
Ikkilamchi gipovitaminoz yoki avitaminoz ‒
endogen omillar
bilan bog‗liq 
bo‗lib, ular qator yuqumli, surunkali kasalliklar, so‗rilish jarayonlarining buzilishi 
natijasida kelib chiqadi. Endogen omillar tufayli kelib chiqadigan gipo- va 
avitaminozlar quyidagi sabablarga ko‗ra paydo bo‗lishi mumkin: 
- ma‘lum fiziologik holatlar tufayli ma‘lum vitaminlarga bo‗lgan ehtiyojning 
oshishi. Masalan, homiladorlik paytida, laktatsiya davrida, tirotoksikoz va 
boshqalar; 
- ichakdagi mikroflorani rivojlanishi, ya‘ni yuqumli jarayonlar paytida ba‘zi 
vitaminlarning parchalanib ketishi; 
- ichakning sekretor va motor funksiyalari izdan chiqishi tufayli ba‘zi 
vitaminlarning so‗rilishini susayishi; 
- jigar, oshqozonosti bezi kasalliklari tufayli o‗t sekretsiyasini to‗xtatishi bilan 
bog‗liq holda ba‘zi yog‗da eruvchi vitaminlarning so‗rilishini tormozlanishi. 
Gipovitaminoz yoki avitaminoz sabablarini aniqlash shifokorlar va 
veterinarlar uchun katta amaliy ahamiyatga ega. Vitaminlarni haddan tashqari ko‗p 
iste‘mol qilish, yog‗da eruvchi vitaminlar uchun xos bo‗lgan gipervitaminozni 
keltirib chiqaradi. Ular organizmda yig‗ilishi tufayli, toksik ta‘sir ko‗rsatish 
xususiyatiga ega bo‗ladi. 
Ma‘lumki, vitaminlar bioaktiv moddalar hisoblanadi va biologik obyektlar 
tarkibida juda oz miqdorda uchraydi. Shuning uchun ularni aniqlash maqsadida 
fizik-kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi. 


196 
Ko‗pgina vitaminlar qator kimyoviy birikmalar bilan ta‘sirlashganda o‗ziga 
xos ranga bo‗yaladi va rang jadalligi tadqiq qilinuvchi aralashma tarkibidagi 
vitaminning konsentratsiyaga to‗g‗ri proporsional bo‗ladi
.
Shuning uchun vitaminlarni fotoelektrokolorimetrik usulda aniqlash mumkin, 
masalan, B
1
vitamini ‒ diazoreaktiv va boshqalar yordamida aniqlanadi. Bu 
uslublar yordamida oziq-ovqat tarkibidagi yoki odam va hayvonlarning organlari 
va to‗qimalaridagi u yoki bu vitaminni ham sifatiy, ham miqdoriy ko‗rsatkichlarini 
aniqlash mumkin bo‗ladi.
Ba‘zi vitaminlar optik nurlarni spektrning ma‘lum qismi chegarasidagina 
yutish qobiliyatiga ega. Xususan, A vitamini spektrning 328-330 nm chegarasida 
o‗ziga xos maxsus yutish diapozoniga ega. 
Yutish koeffitsiyentini spektrofotometrik yo‗l bilan o‗lchash asosida 
tekshirilayotgan obyekt tarkibidagi ushbu vitaminning miqdoriy ko‗rsatkichini 
aniqlash mumkin bo‗ladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin