Biokimyo va molekulyar biologiya


 VITAMINLAR. ULARNING TUZILISHI, XOSSALARI



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

10. VITAMINLAR. ULARNING TUZILISHI, XOSSALARI, 
FUNKSIYALARI 
 
10.1. Vitaminlarning umumiy tavsifi 
Vitaminlar 
- odamlarda amaliy jihatdan deyarli sintezlanmaydigan, biroq 
minimal dozalarda (mg yoki hattoki mkg) fermentlar faolligida ishtirok etish orqali 
kuchli biologik ta‘sir ko‗rsatadigan past molekulyar moddalar hisoblanadi, 
xususan, ular fermentlarning tarkibida koferment sifatida uchraydi. Vitaminlarning 
asosiy manbalari oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi, shuningdek, ular 
mikroorganizmlar tomonidan ham sintezlanadi. Shuning uchun odamning 
vitaminlarga bo‗lgan ehtiyoji oziq-ovqat hisobiga, keyingi paytda esa sun‘iy 
ravishda sintez qilingan dori – vitaminlar evaziga ham ta‘minlanadi. Shu bilan 
birgalikda, ba‘zi vitaminlar odam organizmida 
provitamin 
deb nomlangan boshqa 
oraliq mahsulotlardan ham hosil bo‗lishi mumkin. Xususan, PP vitaminini 
sintezlanishi uchun kerakli dastlabki mahsulot triptofan aminokislotasi bo‗lsa, D
3
vitamininiki esa xolesterin va 7-degidroxolesterol hisoblanadi.
 
Vitaminlar haqidagi ta‘limotning rivojlanish tarixi uzoq o‗tmishga borib 
taqaladi va ularning tanqisligi tufayli kelib chiqadigan kasalliklarni o‗rganish bilan 
bog‗liq. Bunday kasalliklar uzoq vaqtlardan beri ma‘lum edi. ―Shabko‗rlik‖ ‒ tungi 
ko‗rlik haqida ma‘lumotlar qadim-qadimdan ma‘lum. Dengizchilarning uzoq 
muddatli ekspeditsiyalarini ofati 
singa
kasali bo‗lib, Lotin Amerikasi, Ispaniya, 
Ruminiyalarda, 
pellagra 
kasalligining, Yaponiyada, Indoneziyada, Janubiy 
Sharqiy Osiyoda 
beri-beri
kasalligining paydo bo‗lishi yuzlab va minglab 
odamlarning hayotiga zomin bo‗ldi va ―ko‗p insonlarning yostig‗ini quritgan‖ 
haqiqiy epidemiya xavfini tug‗dirdi.
Vitaminlarni o‗rganishni ilk bor rus shifokori N.I.Lunin boshlab bergan 
bo‗lib, u 1888-yilda uzoq muddatli tajribalar asosida hayvon organizmining normal 
o‗sishi va rivojlanishi uchun oqsillar, yog‗lar, karbonsuvlar, minerallar va suvdan 
tashqari, hanuzgacha noma‘lum bo‗lib kelayotgan qandaydir boshqa moddalar ham 
zarurligini isbotlagan edi. Ozuqa tarkibida bu moddalarning bo‗lmasligi 
hayvonning o‗limiga olib keladi. Yava orolida ishlagan gollandiyalik shifokor 
Eykman (1896) shuni aniqladiki, orolning mahalliy aholisi orasida kepagidan 
tozalangan guruch iste‘mol qilish beri-beri kasalligi chalinganligi, kepakli guruch 
iste‘mol qilganlarda bu kasallik bo‗lmasligini kuzatdi. U tovuqlarni xuddi shu 
xildagi tozalangan kepaksiz guruch bilan oziqlantirish yo‗li bilan tajriba 
o‗tkazganda, tovuqlarda ham shu kasallik alomatlari paydo bo‗lganini kuzatdi. 
Eykman tovuqlarga guruch kepagi suvini qo‗shib berib bu kasallikni davolashga 
erishdi. 


195 
1912-yilda polshalik olim K.Funk birinchi bo‗lib, guruch kepagidan beri-beri 
kasalligini davolovchi, tarkibida amin guruhi bo‗lgan moddani toza holda ajratib 
oldi. U bu moddani ―vitamin‖ (lotincha, ―vita‖ – ―hayot‖) deb nomladi va uning 
ulkan ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatib berdi.
Hozirgi kunda ko‗plab vitaminlar mavjudligi aniqlangan, ularning tuzilishi, 
biologik funksiyalari va xossalari yaxshi o‗rganilgan. Vitaminlarni o‗rganadigan 
biokimyoning bo‗limi ―Vitaminologiya‖ yoki ―Vitaminlar biokimyosi‖ deb 
nomlandi va bugungi kunda mustaqil fan sifatida shakllandi. 
Organizmda u yoki bu vitaminning to‗liq bo‗lmasligi 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin