Biokimyo va molekulyar biologiya


 E vitamini (tokoferol, bepushtlikka qarshi vitamin)



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

10.3.3. E vitamini (tokoferol, bepushtlikka qarshi vitamin) 
E vitamini ko‗payish vitamini (tokoferol ‒ yunoncha, ―tokos‖ ‒ ―nasl‖, 
―phero‖ ‒ ―olib yuraman‖) bo‗lib, u tabiatda keng tarqalgan. Bepushtlikning oldini 
oladigan faol modda, bug‗doy o‗simtasi moyi va paxta yog‗idan ajratib olingan. 
Hozirgi kunda E vitaminga oid biologik faollikka ega bo‗lgan 7 ta tabiiy birikma 
ma‘lum. Bu birikmalarning barchasi o‗simlik moylaridan ajratib olingan yoki 
sintetik usulda olingan va ularni α-, β-, γ-, σ-tokoferollar, 8-metiltokoferol deb 
nomlanadi. Kimyoviy nuqtayi nazardan, tokoferollar 2-metil-2 (4
1
,8
1
,12
1
-trimetil-
3-dekil) - xroman-geksol yoki 5,7,8-trimetil-tokolning hosilalari hisoblanadi: 
 
Benzopiren qoldiq Geksdekan qoldiq (fitol) 
Tokoferollar orasida α-tokoferol eng faoli hisoblanadi. Ovqat tarkibida E 
vitaminining yetishmasligi erkak va ayol organizmiga turlicha ta‘sir qiladi. 
Erkaklarda avitaminoz E urug‗donlarda qaytarilmas patologik o‗zgarishlarni 
keltirib chiqaradi, natijada urug‗lantirish qobiliyati izdan chiqadi. Pushtga oid 


202 
epiteliyaning atrofiyasi asta-sekin sperma hosil bo‗lish va jinsiy gormonlar ishlab 
chiqarishni to‗xtatishga, jinsiy moyillikning yo‗qolishiga va ikkilamchi jinsiy 
belgilarning degradatsiyasiga olib keladi. Avitaminoz E bilan kasallangan 
ayollarda homilador bo‗lish qobiliyati saqlanib qoladi, ammo normal 
homiladorlikni oxirigacha yetkazish qobiliyati yo‗qoladi. Homila va bachadonning 
rezorbsiyasi (so‗rilib ketishi) natijasida homiladorlik oxiriga yetmaydi va o‗z-
o‗zidan abort bilan tugaydi. E vitamini, boshqa vitaminlar singari, oksidlanish-
qaytarilish jarayonlarida ishtirok etishi aniqlandi, shuning uchun E vitamini 
yetishmovchiligida organizmning kislorodga bo‗lgan ehtiyoji keskin ortadi. 
 
E vitaminining yetishmasligi karbonsuv, yog‗, oqsil va mineral moddalar 
almashinuvini jiddiy ravishda izdan chiqishini keltirib chiqaradi. Tokoferollar 170 
° C gacha qizdirishga, kislotalar va ishqorlar ta‘siriga chidamli. E vitaminining 
manbayi asosan o‗simlik tabiatli oziq-ovqat mahsulotlaridir. Hayvonlarning 
to‗qimalarida doimo ma‘lum miqdorda E vitamini mavjud. Organizmda E 
vitaminining asosiy zaxirasi gipofiz, mushak va oshqozonosti bezi hisoblanadi. 
Odamning E vitaminiga bo‗lgan kunlik ehtiyoji taxminan 5 mg atrofida bo‗ladi

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin