Biokimyo va molekulyar biologiya


 Ichki sekretsiya bezlari va ularning arxitektonikasi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

11.2. Ichki sekretsiya bezlari va ularning arxitektonikasi
Ichki sekretsiya bezlariga quyidagilar kiradi: gipotalamus, gipofiz, 
qalqonsimon bez, paratiroid, oshqozonosti bezi, ayrisimon (timus) bez, buyrak usti 
bezlari (miya va po‗stloq qismlari), urug‗donlar, tuxumdonlar. 
Odamning ichki sekretsiya bezlari va ularning gormonlarini sxematik 
joylashuvi (arxitektonikasi) 24-rasmda keltirilgan. 
24-rasm. 
Ichki sekretsiya bezlari va ularning gormonlari
(V.Rozen 
bo„yicha).


220 
11.3. Gormonlarning tuzilishi, xossalari va tasnifi 
Deyarli barcha ma‘lum bo‗lgan gormonlar, shu jumladan, oqsil va peptid 
gormonlarning tuzilishi, kimyoviy tabiati batafsil yoritilgan, lekin ular 
nomenklaturasining umumiy tamoyillari hali ishlab chiqilmagan. Ko‗pgina 
gormonlar uchun aniq kimyoviy tuzilishlarga asoslangan kimyoviy nomlar ko‗p 
chalkishliklarni keltirib chiqargan bo‗lardi, shu sababli ularni ko‗pincha trivial 
(tarixiy) nomlashdan keng foydalaniladi.
Amaliyotda foydalanilib kelinayotgan nomenklatura gormonning manbayi 
(masalan, insulin ‒ lotincha, ―insula‖ ‒ ―orolcha‖) yoki funksiyasini (masalan, 
prolaktin, vazopressin) aks ettiradi. Ba‘zi gipofiz gormonlari (luteinlovchi va 
follikula stimullovchi gormonlar) hamda barcha gipotalamus gormonlari uchun 
amaliyotda foydalaniladigan yangi ishchi nomlar ishlab chiqilgan.
Gormonlar tasnifi bo‗yicha ham yuqoridagi holatga o‗xshash qoida mavjud. 
Birinchidan, ular tabiiy sintezlanadigan joyiga bog‗liq holda tasniflanadi, unga 
ko‗ra gipotalamus, gipofiz, qalqonsimon bez, buyrakusti bezlari, oshqozonosti 
bezi, jinsiy bezlar, ayrisimon (timus) bez, qalqonsimon (buqoq) bez va 
boshqalarning gormonlari farqlanadi. 
Biroq, bunday anatomik tasnifni ham mukammal deb bo‗lmaydi, chunki ba‘zi 
gormonlar qonga chiqariladigan joyida sintezlanmay (masalan, gipofiz bezining 
keyingi qismi gormonlari ‒ vazopressin va oksitotsin gormonlari gipotalamusda 
sintezlanadi, u yerdan gipofiz bezining keyingi qismiga o‗tkaziladi) yoki 
boshqalari boshqa ichki sekretsiya bezlarida ham sintezlanadi (masalan, jinsiy 
gormonlar qisman buyrakusti bezining po‗stloq qismida, prostaglandinlar esa 
nafaqat prostata bezida, balki boshqa organlarda ham sintezlanadi va h.k. Barcha 
holatlarni hisobga olish asosida gormonlarning kimyoviy tabiatini e‘tiborga olgan 
holda tasniflashga urinib ko‗rilgan. Shu yo‗sinda tasniflashga muvofiq barcha 
gormonlar besh guruhga bo‗linadi: 
Murakkab oqsillar ‒ glikoproteinlar (masalan, follikula stimullovchi 
luteinlovchi, tiroidni stimullovchi gormonlar va boshqalar). 
Oddiy oqsillar ‒ prolaktin, insulin va boshqalar. 
Peptidlar ‒ kortikotropin (AKTG), glukagon, kalsitonin, somatostatin, 
vazopressin, oksitotsin va boshqalar. 
Aminokislota hosilalari ‒ katekolaminlar, qalqonsimon bez gormonlari
melatonin va boshqalar. 
Steroid birikmalar va yog‗ kislotalarining hosilalari. Steroidlar gormonlarga 
quyidagilar kiradi: buyrakusti korteks gormonlari (kortikosteroidlar), jinsiy 
gormonlar (androgen va estrogenlar), 1,25 dioksikalsiferol va boshqalar. 


221 
Gormonlarning dastlabki uchta guruhini peptid va oqsil tabiatli gormonlar 
sifatida bitta umumiy guruhga birlashtirish mumkin. Shunga ko‗ra, gormonlarni 
quyidagi sxema bo‗yicha tasniflash mumkin bo‗ladi (25-rasm): 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin