11.2. Ichki sekretsiya bezlari va ularning arxitektonikasi
Ichki sekretsiya bezlariga quyidagilar kiradi: gipotalamus, gipofiz,
qalqonsimon bez, paratiroid, oshqozonosti bezi, ayrisimon (timus) bez, buyrak usti
bezlari (miya va po‗stloq qismlari), urug‗donlar, tuxumdonlar.
Odamning ichki sekretsiya bezlari va ularning gormonlarini sxematik
joylashuvi (arxitektonikasi) 24-rasmda keltirilgan.
24-rasm.
Ichki sekretsiya bezlari va ularning gormonlari
(V.Rozen
bo„yicha).
220
11.3. Gormonlarning tuzilishi, xossalari va tasnifi
Deyarli barcha ma‘lum bo‗lgan gormonlar, shu jumladan, oqsil va peptid
gormonlarning tuzilishi, kimyoviy tabiati batafsil yoritilgan, lekin ular
nomenklaturasining umumiy tamoyillari hali ishlab chiqilmagan. Ko‗pgina
gormonlar uchun aniq kimyoviy tuzilishlarga asoslangan kimyoviy nomlar ko‗p
chalkishliklarni keltirib chiqargan bo‗lardi, shu sababli ularni ko‗pincha trivial
(tarixiy) nomlashdan keng foydalaniladi.
Amaliyotda foydalanilib kelinayotgan nomenklatura gormonning manbayi
(masalan, insulin ‒ lotincha, ―insula‖ ‒ ―orolcha‖) yoki funksiyasini (masalan,
prolaktin, vazopressin) aks ettiradi. Ba‘zi gipofiz gormonlari (luteinlovchi va
follikula stimullovchi gormonlar) hamda barcha gipotalamus gormonlari uchun
amaliyotda foydalaniladigan yangi ishchi nomlar ishlab chiqilgan.
Gormonlar tasnifi bo‗yicha ham yuqoridagi holatga o‗xshash qoida mavjud.
Birinchidan, ular tabiiy sintezlanadigan joyiga bog‗liq holda tasniflanadi, unga
ko‗ra gipotalamus, gipofiz, qalqonsimon bez, buyrakusti bezlari, oshqozonosti
bezi, jinsiy bezlar, ayrisimon (timus) bez, qalqonsimon (buqoq) bez va
boshqalarning gormonlari farqlanadi.
Biroq, bunday anatomik tasnifni ham mukammal deb bo‗lmaydi, chunki ba‘zi
gormonlar qonga chiqariladigan joyida sintezlanmay (masalan, gipofiz bezining
keyingi qismi gormonlari ‒ vazopressin va oksitotsin gormonlari gipotalamusda
sintezlanadi, u yerdan gipofiz bezining keyingi qismiga o‗tkaziladi) yoki
boshqalari boshqa ichki sekretsiya bezlarida ham sintezlanadi (masalan, jinsiy
gormonlar qisman buyrakusti bezining po‗stloq qismida, prostaglandinlar esa
nafaqat prostata bezida, balki boshqa organlarda ham sintezlanadi va h.k. Barcha
holatlarni hisobga olish asosida gormonlarning kimyoviy tabiatini e‘tiborga olgan
holda tasniflashga urinib ko‗rilgan. Shu yo‗sinda tasniflashga muvofiq barcha
gormonlar besh guruhga bo‗linadi:
Murakkab oqsillar ‒ glikoproteinlar (masalan, follikula stimullovchi
luteinlovchi, tiroidni stimullovchi gormonlar va boshqalar).
Oddiy oqsillar ‒ prolaktin, insulin va boshqalar.
Peptidlar ‒ kortikotropin (AKTG), glukagon, kalsitonin, somatostatin,
vazopressin, oksitotsin va boshqalar.
Aminokislota hosilalari ‒ katekolaminlar, qalqonsimon bez gormonlari,
melatonin va boshqalar.
Steroid birikmalar va yog‗ kislotalarining hosilalari. Steroidlar gormonlarga
quyidagilar kiradi: buyrakusti korteks gormonlari (kortikosteroidlar), jinsiy
gormonlar (androgen va estrogenlar), 1,25 dioksikalsiferol va boshqalar.
221
Gormonlarning dastlabki uchta guruhini peptid va oqsil tabiatli gormonlar
sifatida bitta umumiy guruhga birlashtirish mumkin. Shunga ko‗ra, gormonlarni
quyidagi sxema bo‗yicha tasniflash mumkin bo‗ladi (25-rasm):
Dostları ilə paylaş: |