Biokimyo va molekulyar biologiya


H-Sis-Tir-Ile-Gli-Asn-Sis-OH



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

H-Sis-Tir-Ile-Gli-Asn-Sis-OH 
Somatostatin
‒tetradekapeptid (14 ta aminokislota qoldig‗idan iborat), uning 
disulfid bog‗lari 3-va 14-o‗rinlarda ikkita sistein qoldig‗i o‗rtasida joylashgan. 
Ushbu gormon somatotropinni ingibirlovchi omili bo‗lib, quyidagi tuzilishga ega: 
S----------------------------------------------------------S 
 
H-Ala-Gli-Sis-Liz-Asn-Fen-Fen-Trp-Liz-Tre-Fen-Tre-Ser-Sis–OH 
Melanostatin 
(melanoingibirlovchi omil) - bu tripeptid yoki pentapeptid 
hisoblanadi: 
Piro-Glu-Lei-Gli- NH
2
 
 
Piro-Glu-Gis-Fen-Arg-Gli- NH
2
Melanoliberin gipofizning oldingi qismida melanotropin sekretsiyasini 
stimullaydi, melanostatin esa, aksincha, bu jarayonni ingibirlaydi. Yuqorida 
keltirilgan bu gipotalamus gormonlari gipofizning u yoki bu gormonlari 
sekretsiyasini maxsus ravishda stimullaydi. 


223 
Gipotalamus gormonlari sintezlanadigan joy, ehtimol gipotalamusning asab 
uchlaridir, chunki u yerda gormonlar va biogen aminlarning eng yuqori 
konsentratsiyasi qayd qilingan; ular, periferik ichki sekretsiya bezlarini gormonlari 
bilan bir birga, teskari ta‘sir etish tamoyiliga muvofiq gipotalamus gormonlari 
sintezini stimullovchi asosiy boshqaruvchilari sifatida tasavvur qilinadi.
Tireoliberin biosintezi mexanizmi, ehtimol noribosomal yo‗l bilan amalga 
oshadi, bunda tarkibida SH tutuvchi sintetaza yoki glutamin kislotaning sikllanishi 
yo‗li bilan piroglutamin kislotaga aylanishi, peptid bog‗lanishning hosil bo‗lishini 
va glutamin ishtirokida prolinning amidlanishini katalizlaydigan fermentlar 
kompleksi ishtirok etadi. Luliliberin va somatoliberin bo‗yicha ham xuddi shu kabi 
tegishli sintetazalar ishtirokidagi biosintez mexanizmining mavjudligia taxmin 
qilinadi. 
Gipotalamus gormonlari bevosita ―tayyor‖ gormonlarni sekretsiyasiga 
(aniqrog‗i, 
ajralib 
chiqishiga) 
hamda 
bu 
gormonlarning 
yangidan 
biosintezlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. sAMFning gormonal signallarni uzatishda 
ishtirok etishi isbotlangan.
Gipofiz hujayralarining plazmatik membranalarini maxsus adenogipofizar 
retseptorlari mavjudligi ko‗rsatib berilgan bo‗lib, gipotalamus gormonlari ular 
bilan bog‗langan bo‗ladi va bundan keyin adenilatsiklaza tizimi va Ca
2+
– 
ATF
 
va 
Mg
2+
– ATF membrana
kompleksidan, Ca
2+
, Mg
2+ 
ionlari
 
va AMF ajraladi; bundan 
keyin hosil bo‗lgan AMF tegishli
 
proteinkinazani faollashtirish orqali gipofizning 
tegishli gormonini ajralishiga ham, sintezlanishiga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin