Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

gipofunksiyasi 
sharoitida o‗sish susayib
 
pakanalik (karlik)
 
kasaliga
 
duchor 
bo‗ladi. Bunda ruhiy rivojlanish izdan chiqmaydi, shuning uchun uni ―aqlli 
pakana‖ kasallik deb yuritiladi.
 
Yosh davrda bezning
giperfunksiya 
natijasida 
suyaklarning o‗ta o‗sib ketishi, ayniqsa, oyoq-qo‗l suyaklarida kuzatilib, u o‗ta 
novcha (gigantizm) bo‗lib ketishiga sababchi bo‗ladi. 30-40 yoshga kirgan 
odamlarda esa, akromegaliyaga tavsifli qator kasalliklarga olib keladi. Bunda ba‘zi 
suyaklar juda ham o‗sib ketib, tilning katta bo‗lib ketishi kuzatiladi. 
2.
Adrenokortikotrop gormon (AKTG, kortikotropin)
buyrakusti bezlari 
faoliyatini stimullaydi. Bu buyrakusti bezining po‗stloq kismida hujayra 
elementlarining o‗sishiga yordam beradi va kortikotseroid gormonlarning hosil 
bo‗lishini kuchaytiradi. Bu gormon karbonsuv almashinuviga ta‘sir qiladi, 
masalan, nokarbonsuv komponentlardan shakar hosil bo‗lishiga ta‘sir etadi. 
3. Laktogen gormon (luteotrop gormon - LTG, prolaktin)
sariq tana 
faoliyatini ta‘minlaydi, homiladorlikning saqlanishiga yordam beradi va sut bezlari 
faoliyatini stimullaydi. 
4. 
Tireotrop gormon (TG, tireotropin) 
qalqonsimon bez gormonlari 
sintezini va ularning qon oqimiga o‗tishini ta‘minlaydi. Qalqonsimon bez 
gormonlarini qondagi miqdorini oshiradi, tireotropinning qondagi miqdorini 
kamaytiradi, aksincha, qalqonsimon bez gormonlarining qondagi miqdori 
kamayishini, tireotropinning ajralishini stimullaydi.
5. Follikula stimullovchi gormon (FSG) 
follikulaning yetilishini stimullaydi 
va spermatogenezni tezlashtiradi. 


225 
6.
Interstitsial hujayralarni stimulyalovchi gormon
(ICG)
tuxumdonlar va 
urug‗donlarning interstitsial hujayralarida jinsiy gormonlar hosil bo‗lishini 
stimullaydi, ovulatsiyani keltirib chiqaradi va sariq tananing shakllanishiga ta‘sir 
qiladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin