Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
 
 
 


233 
12. MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVININIG BOSHQARILUVI 
 
12.1. Modda va energiya almashinuvini neyrogumoral boshqariluvi 
Hayvon organizmi qat‘iy ravishda tartibga solingan va o‗zaro bir-biri bilan 
bog‗liq bo‗lgan organ va to‗qimalarning murakkab tizimidir. To‗qimalarda 
uzluksiz ravishda sodir bo‗ladigan almashinuv jarayonlari o‗ziga xoslikda va 
maxsuslikda yuz beradi, shu asosda organizmning butunligi hamda undagi hayotiy 
jarayonlarning kechishi ta‘minlanadi, bu esa evolyutsiya davomida shakllangan 
o‗ta murakkab boshqaruv mexanizmlari majmuasidan iboratdir. Moddalar 
almashinuvining shu yo‗sinda nozik ravishda boshqariluvi alohida olingan organlar 
va to‗qimalar o‗rtasida doimiy bog‗lanish aloqalari mavjudligiga asoslangan. 
Hayvon organizmidagi almashinuv jarayonlarini tashqi muhitning o‗zgarishlariga 
mos ravishda bo‗lishini boshqarilishi, hayvonlarning o‗zgaruvchan muhitda 
mavjud bo‗lishiga va bu o‗zgarishlarga monand ravishda moslashuviga imkon 
beradi. 
 
12.1.1. Moddalar almashinuvining boshqariluvida
markaziy asab tizimining roli 
Almashinuv jarayonlarining boshqariluvi asab tizimi orqali va gumoral tizim 
(qon, limfa)ga maxsus moddalarning kiritilishi yo‗li bilan sodir bo‗ladi, ulardan 
ba‘zilari metabolik jarayonlarni faollashtiradi, boshqalari ingibirlaydi. Hayvon 
organizmining asab tizimi, uning markaziy apparati‒orqa miya va bosh miya 
almashinuv jarayonlarini umumiy boshqariluvida yetakchi rol o‗ynaydi. 
Organizmning barcha to‗qimalarida joylashgan ko‗p sonli sezuvchi nerv 
uchlari‒interoretseptorlar metabolik jarayonlarning holati haqida markaziy asab 
tizimini doimiy ravishda ―xabardor qilib turadi‖, periferik asab tizimi esa markaziy 
asab tizimi va to‗qima bilan qarama-qarshi yo‗nalishdagi aloqani amalga oshirish 
orqali metabolizmning me‘yoriy darajada bo‗lishini ta‘minlaydi. 
Almashinuv jarayonlarini boshqariluvida gipotalamusning roli katta. 
Markaziy asab tizimining ushbu qismi qator gormonlar ishlab chiqaradigan 
endokrin bez ‒ gipofiz bilan bevosita bog‗langan. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin