Biokimyo va molekulyar biologiya


Buyrakusti bezining po‗stloq qismi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Buyrakusti bezining po‗stloq qismi. 
Bu bezlar umumiy kimyoviy tuzilishi 
steroid tavsifli gormonlarning katta guruhini ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda 
ularga tegishli bo‗lgan va gormonal faollikka ega bo‗lgan 30 dan ortiq moddalar 
ajratib olingan. 
Ular o‗z ta‘siriga ko‗ra buyrakusti po‗stloq qismi gormonlari ikki guruhga: 
mineralokortikoidlar va glukokortikoidlarga bo‗linadi. 
Mineralokortikoidlar
ga 
aldosteron 
va 
deoksikortikosteron
kiradi. 
Glukokortikoidlar
ga esa 
kortizol, kortizon 
va
 kortikosteron
kiradi. 
Kimyoviy jihatdan steroid gormonlar xolesterolning hosilasidir. Bundan 
tashqari, buyrakusti bezi ekstraktlarida jinsiy gormonlar borligi aniqlangan, ular 
haqiqiy buyrakusti bezi gormonlarini sintezlanishida hosil bo‗lgan oraliq 
mahsulotlardir. 
Mineralokortikoidlar
suv-tuz almashinuviga ta‘sir qiladi, organizmda natriy 
va xlorning saqlanishi va kaliyning siydik orqali ajralishiga yordam beradi. 
Glukokortikoidlar 
karbonsuvlar va oqsillar almashinuviga ta‘sir qiladi. Ular 
oqsillar va aminokislotalarning parchalanishini kuchaytiradi va shu yo‗sinda 
azotning ajralishini kuchaytiradi va salbiy azot balansini rivojlanishiga sabab 
bo‗ladi. Bu karbonsuvlar metabolizmiga ta‘sir etish orqali qondagi shakarning 
miqdorini yuqorilashuviga olib keladi. Bundan tashqari, glukokortikoidlar 
organizmdagi glikogenning qayta taqsimlanishini keltirib chiqaradi. Bunda 
glikogen zaxirasi evaziga jigarda glikogenning yig‗ilishi yuz beradi.
 
11.9. Oshqozonosti bezi gormonlari 
Oshqozonosti bezi ichki va tashqi sekretsiya bezi hisoblanadi. Endokrin bez 
sifatida u insulin va glukagonni sintez qiladi. Langerxans-Sobolev orolchalarining 
-β-hujayralari tomonidan insulin, α-hujayralari tomonidan esa glukagon ishlab 
chiqariladi. Insulin toza holda 1922-yilda F.Banting va Ch.Best tomonidan ajratib 
olingan.
Insulin
molekulasi 51 ta aminokislota qoldig‗i va ikkita polipeptid zanjirdan 
tashkil topgan bo‗lib, ular bir-biri bilan ikki nuqtada disulfid bog‗lari yordamida 
birikkan. Insulinning 21 ta aminokislota qoldig‗idan iborat bo‗lgan polipeptid A-
zanjir, 30 ta aminokislota qoldig‗idan iborat polipeptid B-zanjir deb belgilanadi. 
Aminokislota tarkibi bo‗yicha har xil turlardagi insulinning farqlari uncha
katta emas va u A-zanjirida 8-10 o‗rinlarda joylashgan aminokislotalarda 
kuzatiladi. Odatdagi sharoitda oshqozonosti bezida o‗rtacha 15 mg insulin mavjud 
bo‗ladi. Bunda bolalarda bezlardagi gormonning nisbiy tarkibi kattalardagiga 


229 
nisbatan yuqori bo‗ladi. Qandli diabet insulin miqdorini me‘yordagiga nisbatan 1/5 
-1/10 gacha pasayishiga olib keladi. 
Glukagon
1953-yilda venger biokimyosi F.Shtraub tomonidan ajratib 
olingan, uning tarkibi 29 ta aminokislota qoldig‗idan tashkil topgan. Biologik ta‘sir 
nuqtayi nazaridan glukagon, adrenalin singari, giperglikemik ta‘sirga ega, ya‘ni 
asosan jigar glikogeni hisobiga qonda glyukoza konsentratsiyasini oshishiga 
sababchi bo‗lib, insulinga nisbatan antagonistik ta‘sir ko‗rsatadi. 
Shunday qilib, ikkita qarama-qarshi ta‘sirga ega bo‗lgan insulin va glukagon 
sintezlaydigan oshqozonosti bezi moddalar almashinuvini, molekulyar darajada 
boshqariluvida muhim rol o‗ynaydi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin