Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
12.1.2. Moddalar almashinuvining gumoral boshqarilishi 
Barcha to‗qimalar organizmning ichki muhitidagi faoliyati davomida u yoki 
bu metabolitlarni ajratib turadi. Bu moddalarning aksariyati boshqa to‗qimalarga 
nisbatan maxsus xususiyatli ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ega, shuning uchun turli 
organlar va to‗qimalar o‗rtasidagi o‗zaro bog‗lanishlar gumoral yo‗l bilan amalga 
oshadi. Bu, asosan to‗qimalardagi sintezlanish va parchalanish jarayonlarini 


234 
stimullovchi-oqsillarning parchalanish mahsulotlari aminokislotalar uchun 
xarakterlidir. Ba‘zi to‗qimalar ma‘lum darajadagi maxsus yo‗nalishli ta‘sirga ega 
bo‗lgan moddalarni chiqaradi. Masalan, ovqatni iste‘mol qilish jarayonining 
boshlanishi bilan ichak devorlari tomonidan qonga maxsus modda ‒ sekretinning
 
chiqarilishi yuz beradi. 
Sekretin
qon oqimi bilan oshqozonosti beziga o‗tishi natijasida oshqozonosti 
bezi shirasining ajralishini stimullaydi. Ichki sekretsiya bezlari organizmning 
ayrim to‗qimalarida metabolizmni gormonlar ishlab chiqarish va qonga chiqarish 
orqali boshqaradi. Bezlarning o‗zi esa markaziy asab tizimining nazorati ostida 
bo‗ladi. Ko‗pincha bir bez tomonidan ishlab chiqarilgan gormon boshqa bezning 
ishiga ta‘sir qiladi. Hayvon organizmidagi moddalar almashinuvining neyro-
gumoral boshqariluvi shu tarzda amalga oshiriladi. 
Steroid va oqsil tabiatli gormonlarning moddalar almashinuviga ta‘sir 
etish mexanizmi.
Ma‘lumki, 3,5-sGMF tabiiy uchraydigan moddalar almashinuvi 
jarayonlarini boshqarishda qator noyob funksiyalarni bajaruvchi va yuqori biologik 
faollikka ega bo‗lgan ribonukleotiddir. 
Oqsil tabiatiga ega bo‗lgan aksariyat gormonlar biologik ta‘sir mexanizmini 
tushintirishda E.Sazerlendning tadqiqotlari va siklik 3,5-sAMFning ochilishi hal 
qiluvchi rolga ega bo‗ldi, u gormonal samarani nishon-hujayra ichi chegarasida 
amalga oshishida vositachi vazifasini bajaradi. 
Birlamchi vositachi bu gormonning o‗zi bo‗lib, holbuki, ushbu farazga ko‗ra, 
gormon hujayra ichiga kirmaydi va uning ta‘siri membranadagi o‗ziga xos 
retseptor bilan o‗zaro ta‘sirlanish bilan cheklanib, adenilat siklazaning 
faollashuviga olib keladi, bu esa sAMF hosil bo‗lishini katalizlaydi. 
Ma‘lum bo‗lishicha, retseptor bilan bog‗langan gormonning bitta molekulasi 
500 ta sAMF molekulasini hosil bo‗lishiga olib keladi va u o‗z ta‘sir samarasini 
hujayra ichida ikki shaklda hosil bo‗ladigan ferment – proteinkinaza orqali amalga 
oshiradi.


235 
sAMF bo‗lmaganda, proteinkinaza ikkita katalitik (C
2
) va ikkita boshqaruvchi 
(R
2
)
subbirliklardan tashkil topgan bo‗lib, ularning molekulyari o‗zaro mos holda 
49000 va 38000 Da ga teng va shu sababli u fermentativ faollikka ega bo‗lmaydi.
sAMF ishtirokida proteinkinaza kompleksi qaytar ravishda bitta R
2
-subbirlik 
va ikkita erkin katalitik subbirlikka dissotsiatsiyalanadi; keyingi hosil bo‗lgan 
subbirliklar fermentativ faollikka ega, fosforillanadi va unga mos tarzda boshqa 
oqsil fermentlarining faolligini o‗zgartiradi. 
Buni quyidagi diagramma orqali izohlash mumkin: 
Steroid gormonlarining umumiy ta‘sir mexanizmi haqida mavjud ma‘lumotlar 
ularning ta‘sir samarasi o‗ziga xos sitoplazmatik retseptor-oqsillar (sedimentatsiya 
koeffitsiyenti 4S va 8S bo‗lgan) orqali amalga oshishi ko‗rsatib berildi; steroid-
oqsil komplekslari maxsus transport oqsillari yordamida hujayra yadrosiga 
translokatsiyalanib, xromatin bilan bog‗lanadi (xromatin bilan bog‗lanish 
markazida DNK dan tashqari, gistonsiz oqsillar bo‗ladi). DNK genlarining 
ekspressiyasini o‗zgartirib, bu yadro-steroid komplekslari maxsus m-RNK 
sinteziga ta‘sir qiladi; yangi yoki qo‗shimcha m-RNK molekulasining sintezi 
tegishli oqsilning sintezini induksiyalanishi bilan birgalikda yuz beradi.
Shunday qilib, gormonlarning ikki sinfi vakillarining ta‘sir qilish 
mexanizmidagi asosiy farq shundaki, peptid gormonlari va aminokislota hosilalari, 
asosan, hujayralardagi sintetik jarayonladan keyingi hodisalarga yo‗naltirilgan, 
steroid gormonlar esa gen transkripsiyasini o‗zgartirish orqali, genomga ta‘sir 
qiladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin