Biokimyo va molekulyar biologiya


 Qon va uning tarkibiy qismlari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

13.2. Qon va uning tarkibiy qismlari 
Odamning qoni tana vaznining taxminan 1/13 qismini tashkil etadi, bu 
taxminan 5,0-5,5 litrni tashkil qiladi, uning solishtirma og‗irligi 1,05-1,06 ga teng 
bo‗ladi. Qon ‒ organizmdagi kimyoviy moddalarni, shu jumladan, kislorod va 
karbonat angidridni tashiydigan suyuq to‗qima, shu tufayli u turli hujayralar va 
hujayraaro bo‗shliqlarda sodir bo‗ladigan biokimyoviy jarayonlarni yagona 
tizimga 
integratsiyalaydi. 
Bundan 
tashqari, 
qon 
himoya, 
boshqaruv, 
termoregulatsiya va boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Quyida qonning tarkibiga 
oid ba‘zi ma‘lumotlar keltirilgan (27-rasm). 


243 
 
27-rasm.
 
Qon tarkibining sxematik tasviri.
 
27-rasmdan ko‗rinib turibdiki, qon plazmadan va unda muallaq holda 
joylashgan shaklli elementlardan tashkil topgan. Shaklli elementlarga eritrotsitlar, 
leykotsitlar va trombotsitlar kiradi. Qon umumiy hajmining 55%ini plazma tashkil 
qiladi. 
Eritrotsitlar shaklli elementlarning asosiy qismini tashkil qiladi va ularning 
ulushi umumiy qon hajmining 44 % ini tashkil qiladi. Boshqa hujayralar hisobiga 
esa atigi 1% to‗g‗ri keladi. Qonning 90 % i suvga to‗g‗ri keladi, qolgani (10 %) 
quruq qismidir. Uning quruq qismining 94,3 % i eritrotsitlar, 5,6 % i trombotsitlar, 
leykotsitlar esa 0,1 % ni tashkil qiladi. Patologik sharoitda bu nisbatlar 
o‗zgarishlarga duch keladi. Odatdagi tana haroratida qon plazmasining osmotik 
bosimi 7,6 atm.ga teng bo‗ladi. Bu bosim ko‗rsatkichining asosiy qismi natriy xlor 
va boshqa past molekulali birikmalar ulushi hisoblansa, uning 0,03-0,04 atm.ga 
teng ulushi onkotik bosim deb nomlanib oqsillar hisobiga to‗g‗ri keladi. Sog‗lom 
odamda qonning kimyoviy tarkibi doimiy bo‗ladi. 
Bu organizmda jigar, buyrak, o‗pka va yurak-qon tomir tizimi kabi hayotiy 
organlar va to‗qimalarning faoliyatini aniq ravishda o‗zaro bog‗liqlikligini 
ta‘minlaydigan kuchli boshqaruv mexanizmlari (markaziy asab tizimi, gormonal 
tizimlar va boshqalar) mavjudligi bilan bog‗liq. Qon tarkibida favqulotda yuz 
beradigan hamma o‗zgarishlar sog‗lom organizmda tezda qaytadan tiklanadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin