Biokimyo va molekulyar biologiya


 Qonning osmotik, onkotik bosimi va pH ko‗rsatkichi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

13.2.2. Qonning osmotik, onkotik bosimi va pH ko‗rsatkichi 
Osmotik bosim.
Har qanday suyuqlikning, shu jumladan, qon va limfaning 
bosimi unda erigan moddalarning molar konsentratsiyasi bilan belgilanadi va ular 
osmotik faol deb nomlanadi. Bu moddalar jumlasiga elektrolit bo‗lmagan 
moddalar (oqsillar, mochevina, kreatin, shakar va boshqalar) hamda turli xil 
elektolitlar, tuzlar va kislotalar (osh tuzi, xlorid kislota, natriy gidrokarbonat, natriy 
gidrodigidrofosfat va boshqalar) kiradi. Elektrolit bo‗lmagan moddalarga nisbatan 
elektrolitlar osmotik bosimga kuchliroq ta‘sir ko‗rsatadi.
Bu elektrolitlarning suvdagi eritmalari ionlarga ajralishi va ularning osmotik 
faol ekanligiga bog‗liq. Shunday qilib, biologik suyuqliklarda tuzlarning, avvalo, 
natriy xloridning suvda ionlarga dissotsiatsiyalanishi tufayli osmotik bosim 
ko‗rsatkichini doimiyligi ta‘minlanadi. Odam qonining bosimi 37° C da me‘yoriy 
chegarada bo‗lganda, 7,8-8,1 atm. chegarasida bo‗ladi. Kation va anionlar bir-
biriga teng bo‗lgan osmotik bosimni hosil qiladi. Osmotik bosimning qondagi 
doimiyligini ta‘minlashda organizmning buyraklari va boshqa boshqaruv 
mexanizmlari ishtirok etadi. 
Izolyatsiyalangan organlar bilan o‗tkazilgan tajribalardan ma‘lum bo‗ldiki, 
hayotiy faoliyatning ta‘minlanishiga oid tajribalarni olib borishda ularning 
tarkibidagi ma‘lum tuzlarning konsentratsiyasini qondagi konsentratsiyaga yaqin 
eritmalaridan foydalanish asosida o‗tkazish mumkin ekan. Shuning uchun tibbiy 
amaliyotda ko‗p qon yo‗qotganda, og‗ir kuyish holatlarida bemorga osmotik 
bosimi qonning osmotik bosimiga yaqin bo‗lgan eritmalar kiritiladi. Ringer-Lokk 
eritmasi bu talabga boshqa barcha eritmalarga nisbatan yaxshiroq javob beradi, 
uning 1 litrida gramm hisobida: glyukoza - 1,0, natriy xlorid - 9,0, kaliy xlorid - 
0,2, kalsiy xlorid - 0,2, natriy gidrokarbonat - 0,1 bo‗ladi. Bu eritmaning osmotik 
bosimi qonning osmotik bosimi bilan bir xil va shuning uchun 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin