Biokimyo va molekulyar biologiya


 Oqsil va lipid almashinuvining o‗zaro



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
12.2.4. Oqsil va lipid almashinuvining o‗zaro
bog‗liqlik jihatlari
Yuqorida keltirilgan ―oqsillar = karbonsuvlar‖ va ―karbonsuvlar = lipidlar‖ga 
oid almashinuv bog‗liqlik jihatlari, ularni yagona ―oqsillar = karbonsuvlar = 
lipidlar‖ zanjiri bo‗yicha karbonsuvlar oqsillar va lipidlar orasidagi bog‗lanishnn 
ta‘minlovchi bog‗lovchi halqa bo‗lib xizmat qiladi deb tushunishga asos 
hisoblanadi. Tabiatda aslida aynan shunday bo‗lishi mumkin, lekin oqsillar va 
lipidlar orasidagi o‗zaro bog‗lanishlarning ancha qisqa yo‗llari ham mavjud. 
Lipidlarning parchalanishini asosiy mahsulotlaridan biri bo‗lgan atsetil-KoA UKS 
da ketokislotalarni hosil qiladi, ular aminlanishi natijasida aminokislotalarga 
aylanadi. Lipidlar gidrolizining boshqa yana bir muhim mahsuloti ‒ glitserin-qator 
almashinuv jarayonlari tufayli glitseraldegidfosfatga, u orqali esa siklik 
aminokislotalarni biosintezida ishtirok etuvchi shikim kislotaga aylanadi. Ma‘lum 
darajada lipidlarning sintezlanish jarayonlari parchalanayotgan oqsillar hisobiga 
ham yuz berishi mumkin. 
Aminokislotalarning dezaminlanishidan hosil bo‗lgan mahsulotlar UKS va 
boshqa metabolitik jarayonlar orqali pirouzum kislotaga aylanadi, uning 
oksidlanuvchi dekarboksillanishidan yog‗ kislotalari va lipidlarning boshqa 
komponentlarini sintezlanishi uchun kerakli bo‗lgan dastlabki birikma ‒ atsetil-
KoA hosil bo‗ladi. Oqsil va lipid almashinuvining o‗zaro bog‗lanishi, bundan 
tashqari bevosita har xil lipoprotein komplekslarini hosil bo‗lishida ham namoyon 
bo‗ladi. Oqsillarning biosintezi va ularga tegishli funksiyalarning bajarilishi 
hujayralar membranalarining tuzilishi va xususiyatlariga chambarchas bog‗liqdir, 
chunki ularda lipidlar muhim rol o‗ynaydi. Bundan tashqari, boshqa birikmalarda 
bo‗lgani kabi lipidlar almashinuvida ham oqsillar muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. 
12.2.5. Metabolizm jarayonlarning birligi va tashqi muhit. 
Katabolizm va anabolizm fermentlarining har xil lokalizatsiyasi tufayli 
hujayrada bu qarama-qarshi almashinuv jarayonlari bir vaqtning o‗zida sodir 
bo‗ladi. Ularni markaziy yoki boshqacha aytganda, amfibolik jarayonlar bir-biri 
bilan bog‗laydi (26-rasm). 


240 
26-rasm. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin