Biokimyo va molekulyar biologiya


Katabolitik va anabolitik jarayonlarning o‗zaro bog‗liqligi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Katabolitik va anabolitik jarayonlarning o‗zaro bog‗liqligi.
 
Fn ‒ fosfat kislota, FFan ‒ pirofosfat kislota 
26-rasmdan ko‗rinib turganidek, oqsillar, yog‗lar, karbonsuvlarning o‗zaro 
almashinuvini asosiy yo‗llariga oid ma‘lumotlarning izohi keltirilgan. Alohida 
olingan moddalar almashinuvining o‗zaro bir-biri bilan bog‗liqligiga oid tahliliy 
mulohazalar, amfibolitik yo‗lda markaziy rolni UKS sikli o‗ynashini tasdiqlaydi.
Katabolizm mahsulotlari, har xil sinfga mansub moddalarning parchalanishidan 
hosil bo‗lib, shu sikldagi almashinuvlarga duch kelishi natijasida ko‗p 
moddalarning biosintezini dastlabki mahsulotiga aylanadi.
Bunday holatda, ko‗pincha atsetil-KoA va pirouzum kislota muhim 
ahamiyatga ega bo‗ladi. Ikki uglerodli atsetil-KoA fragmentlari, go‗yoki universal 
qurilish elementlari hisoblanadi, hayvon organizmining ko‗plab moddalari shu 
xildagi ―qismlarga ajraladi‖ va ulardan organizm yangidan boshqa birikmalarni 
sintezlashi mumkin. Asosiy biokimyoviy reaksiyalar, ularning sodir bo‗lish ketma-
ketligi barcha tirik mavjudotlarda ajablanarli darajada o‗xshashdir. Aftidan, ular 
evolyutsiyaning dastlabki bosqichlarida paydo bo‗lgan va turlarning shakllanishi 


241 
boshlangandan keyin yanada mukammallik darajasiga ko‗tarilgan. Metabolizm 
jarayonida to‗rtta o‗ziga xos funksiyalar sodir bo‗ladi: 
- atrof-muhitdan energiya ajratib olish; 
- ekzogen moddalarni ―qurilish bloklari‖ga aylantirish; 
- bu qurilish bloklaridan oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, polisaxaridlar va 
boshqa hujayra komponentlarini yig‗ish; 
- hujayrada o‗z vazifalarini bajarib bo‗lib, ―eskirgan‖ biomolekulalarni 
parchalash. 
Almashinuv jarayonlarining birligi atrof-muhit sharoitining doimiy ta‘sirida 
ekanligini alohida ta‘kidlash lozim. Bu ta‘sir, avvalo, organizm va tashqi muhit 
o‗rtasida uzluksiz ravishda yuz beradigan moddalar almashinuvidir, bu esa hayot 
oqsil tanachalarining yashash shakli ekanligini ko‗rsatadi. Barcha reaksiyalarni 
katalizlovchi va shu yo‗l bilan metabolitik jarayonlarni boshqarilishini 
ta‘minlovchi fermentlar tashqi muhitning ko‗p omillari harorat, pH, har xil nurlar, 
tuz tarkibi va h.k.larga nisbatan sezgir bo‗ladi. Natijada, tashqi sharoit orqali 
fermentlar butun metabolizm jarayoniga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqorida qayd 
qilingan atrof-muhit omillari tirik organizm tarkibidagi moddalarning fazoviy 
strukturasiga va kimyoviy xossalariga ham bevosita o‗z ta‘sirini ko‗rsatishi 
mumkin.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin