239
fosfatga aylanishi va uning glukoneogenezga kirishi yo‗li bilan u karbonsuvlarning
biosintezida foydalaniladi. O‗simliklar va mikroorganizmlarda karbonsuvlarning
sintezi uchun lipidlar parchalanishini boshqa xil muhim mahsuloti ‒ atsetil-KoA
(glioksalat sikli orqali) ham osonlikcha ishlatiladi. Hayvon to‗qimalarida atsetil-
KoAning ishlatilish sur‘ati ancha murakkabdir. Agar uglerodi ―nishonlangan‖ sirka
kislotasi hayvonlarga berilsa, nishon jigar glikogeni tarkibiga kiradi. Aftidan,
hayvonlarda karbonsuvlar biosinteziga atsetil-KoAning birikishi bilvosita tavsifga
ega.
Dostları ilə paylaş: