224
glikogenning biosintezini kuchaytiradi va shu bilan birga depolangan yog‗larni
mobilizatsiyalanishini va to‗qimalardagi yog‗ kislotalari va glyukozani
parchalanishini ta‘minlaydi. O‗sish gormoni tananing kattalashuvini, skeletning
o‗sishini stimullashi bilan bog‗liq assimilyatsiya jarayonlarini faollashtirishdan
tashqari, almashinuv jarayonlari tezligini muvofiqlashtiradi va uni boshqarilishida
ishtirok etadi. Bundan tashqari, odamlarda va maymunlarda (lekin boshqa
hayvonlarda emas) bu gormon aniqlanishi mumkin darajadagi laktogen faollikka
ega bo‗ladi.
Bu gormonning ko‗p biologik samaralari jigarda sintezlanadigan maxsus oqsil
omilining ta‘siri natijasida yuz beradi, deb taxmin qilinadi. Bu omilni sulfatlovchi
yoki timidil omili hisoblanadi, chunki u tog‗ayga sulfatlarning, timidinning
DNKga, uridinning RNKga va prolinning kollagenga birikishini stimullaydi.
O‗zining kimyoviy tuzilishiga ko‗ra bu omil molekulyar massasi 8000 Da
polipeptid ekanligi ma‘lum bo‗ldi. Bu gormon to‗qimalarda oqsil sintezini
jadallashtiradi, u esa to‗qimalarning hajmini oshishi va o‗sishiga olib keladi.
O‗sish gormoni shuningdek, suyaklarda kalsiyning yig‗ilishiga va suyak hamda
tog‗ay to‗qimalarini hosil bo‗lishiga ham ta‘sir etadi. Yosh bolalarda bezning
Dostları ilə paylaş: