Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


218 
11. GORMONLAR 
 
11.1. Gormonlar haqida umumiy tushunchalar 
Organizmda moddalar almashinuvini boshqaruv tizimlardan biri bu gormonal 
tizim bo‗lib, u barcha endokrin bezlar (ichki sekretsiya bezlari shiralari) ta‘siri 
orqali amalga oshadi. To‗qima tomonidan ishlab chiqilgan moddalarni to‗g‗ridan-
to‗g‗ri qon oqimiga chiqarilish jarayoni 
ichki sekretsiya
deb ataladi. Ichki 
sekretsiya bezlari hujayralari modda va energiya almashinuvini boshqariluvida 
ishtirok 
etuvchi 
gormonlar 
(yunoncha, 
―hormao‖ ‒ ―qo‗zg‗ataman‖, 
―qitiqlayman‖) deb nomlangan maxsus moddalarni ishlab chiqaradi. 
Ichki sekretsiya bezlari va gormonlar haqidaga ta‘limot 1855-yildan 
T.Addison tomonidan buyrakusti bezlarining shikastlanishi va terini o‗ziga xos 
pigmentatsiyasi bilan kechadigan bronza kasalligini ta‘riflash asosida paydo 
bo‗lgan edi. Klod Bernard ichki sekretsiya bezlari, ya‘ni o‗z shirasini to‗g‗ridan-
to‗g‗ri qonga chiqaradigan organlar to‗g‗risidagi tushunchani fanga kiritdi. 
Bugungi kunda moddalar va energiya almashinuvini boshqarilish jarayonlarida 
ishtirok etuvchi yuzdan ortiq turli xil moddalar topilgan. Gormonlar – bu xilma-xil 
kimyoviy tabiatli biologik faol moddalar bo‗lib, ular juda kam miqdorda bo‗lganda 
ham organizmga juda kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Gormonlarning o‗ziga xos biologik 
ta‘sir etish xususiyatlari quyidagi qoidalar asosida ifodalanadi: 
- gormonlar juda kichik konsentratsiyalarda o‗zining biologik ta‘siriga ega 
(10
-6
dan 10
-12
M gacha) bo‗ladi; 
- gormonal ta‘sir oqsil retseptorlari va hujayra ichidagi ikkilamchi vositachilar 
(messendjerlar) orqali amalga oshadi; 
- gormonlar fermentlar ham, kofermentlar ham bo‗lmagan holda ular o‗z 
ta‘sirini ferment sintezi tezligini oshirish yoki fermentativ kataliz tezligini 
o‗zgartirish orqali amalga oshiradilar; 
- butun organizmda bo‗lib o‗tadigan gormonlarning ta‘siri markaziy asab 
tizimining boshqaruvi asosida belgilanadi; 
- ichki sekretsiya bezlari va ular tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlar 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri va teskari ta‘sir mexanizmlari orqali boshqariladigan yagona 
tizimni tashkil qiladi. 
Turli xil tashqi va ichki qo‗zg‗atuvchi ta‘sirlar tufayli o‗ta sezgir maxsus 
retseptorlarda impulslar paydo bo‗ladi. Keyin impulslar markaziy asab tizimiga, u 
yerdan gipotalamusga uzatiladi, bu yerda esa ―davomli‖ ta‘sirga ega bo‗lgan 
dastlabki biologik faol gormonal moddalar sintezlanadi va ular rilizing omillar 
deyiladi. Bu omillar umumiy qon oqimiga o‗tmaydi, balki tomirlarning portal 
tizimi orqali gipofizning maxsus hujayralariga yetib boradi. Ular gipofizning tropik 
gormonlarini ishlab chiqarilishiga stimullovchi (yoki ingibirlovchi) ta‘sir ko‗rsatib, 


219 
kerakli gormonlarning ishlab chiqarilishini ta‘minlaydi. Bu trofik gormonlar qon 
oqimiga o‗tib tegishli ichki sekretsiya bezlaridan tegishli gormonlarni ishlab 
chiqarilishini stimullaydi. O‗z navbatida, bu gormonlar organlar va to‗qimalarga 
ta‘sir etish orqali butun organizmda kechadigan kimyoviy va fiziologik javob 
reaksiyalarini keltirib chiqaradi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin