Biokimyo va molekulyar biologiya


 Fol kislota (Bc vitamini yoki M vitamini)



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
10.4.10. Fol kislota (Bc vitamini yoki M vitamini) 
Ushbu vitamin tovuqlarning o‗sishi uchun vitamin (B

dagi ―c‖ indeksi 
inglizcha, chicken – jo‗ja degani) va maymunlarda qon hosil bo‗lishini me‘yoriy 
chegarada bo‗lishi uchun zarurligi tufayli (inglizcha, monkey – maymun) M 
vitamini sifatida fanga ma‘lum bo‗lgan edi. 1941-yilda fol kislotasi 
o‗simliklarning yashil barglaridan ajratilib, bu nomni oldi (folium-barg). Fol 
kislota uchta tarkibiy qismdan: pteridin qoldig‗i, para-aminobenzoy kislotasi va L-
glutamik kislotadan tashkil topgan: 
Fol kislota yetishmovchiligi o‗ziga xos anemiyani rivojlanishiga olib keladi. 
Fol kislotaning biologik roli uning qaytaruvchi fermentlarning tarkibida kofermenti 
ekanligidadir. Yashil o‗simlik barglari va xamirturush fol kislotasiga boy. 
Hayvonlarning va odamlarning ichaklaridagi ko‗plab mikroorganizmlar fol 
kislotasini organizmning ushbu vitaminga bo‗lgan ehtiyojini qondirish uchun 


214 
yetarli miqdorda sintez qiladi. Maymunlarda, kalamushlarda fol kislota tanqisligida 
kamqonlik yuzaga chiqadi. Odamlarga ham bu xil tanqislik anemiyaga olib keladi. 
Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‗ra bunda DNK sintezi ham izdan chiqishi mumkin ekan. 
Voyaga yetgan kishining kunlik ehtiyoji 1-2 mg ni tashkil qiladi. 
 
10.4.11. Pantoten kislota (B

vitamini) 
Pantoten kislota xamirturush zamburg‗ini va sutli achish bakteriyalarining 
o‗sishi jarayonlarini o‗rganishda aniqlangan edi. Vitamin B
3
barcha tirik 
mavjudotlar: mikroorganizmlar, o‗simliklar, hayvon to‗qimalarida nihoyatda keng 
tarqalgan bo‗lib chiqdi va shuning uchun pantoten kislota (yunoncha, ―pantoten‖ – 
―hamma joyda‖) deb nomlash taklif qilindi. Pantoten kislotaning kimyoviy 
tuzilishi quyidagicha:
Pantoten kislota koferment A yoki koenzim A (KoA)ning tarkibiga kiradi, 
ya‘ni u tioetilamin va 3-fosfoadenozin-5-difosfat bilan koenzim A hosil qiladi. 
Modda almashinuvida KoA ning eng muhim roli, uning asosiy biokimyoviy 
jarayonlarda, yuqori molekulyar yog‗ kislotalarining oksidlanishi va biosintezi, α-
keto kislotalar(piruvat, ketoglutarat)ning oksidlanuvchi dekarboksillanishi, neytral 
yog‗lar, fosfolipidlar, steroid gormonlar, gemoglobinning gemi, atsetilxolin, gippur 
kislotasi va boshqalarning biosintezida bevosita ishtirok etishidan guvohlik beradi.
Pantoten kislota – suvda yaxshi eriydigan qayishqoq, och sariq rangli suyuqlik; u 
barqaror emas, kuchsiz kislotalar va ishqorlar ta‘sirida peptid bog‗lanish joyidan 
osongina gidrolizlanadi. Odam va hayvonlarda bu moddaning yetishmasligi teri 
kasalliklari, sochlarning depigmentatsiyasi, o‗sishni to‗xtashi, vazn yo‗qotish, 
ishtahani yo‗qolishi, me‘dani yaralanishi va boshqa xil qator kasalliklarni keltirib 
chiqaradi. Bu vitaminning manbayi: go‗sht, tuxum, sut, karam, kartoshka, sabzi 
hisoblanadi. Odamning bu vitaminga bo‗lgan bir kunlik ehtiyoji 3-5 mgni tashkil 
qiladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin