210
Nikotin kislotasi (nikotinamid) suvda kam
eriydi, ammo ishqorlarning suvli eritmalarida
yaxshi
eriydi,
oq
ignachalar
shaklida
kristallanadi. Pellagraning (dag‗al teri) yoki
vitamin yetishmovchiligining eng xarakterli
belgilari bu terining shikastlanishi (dermatit),
oshqozon-ichak trakti (diareya) va asab
faoliyatini
izdan
chiqishi
(demansiya)
hisoblanadi. Dermatit terining quyosh nurlari
to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushadigan joylariga ta‘sir
qiladi: qo‗llarning orqa qismi, bo‗yin, yuz
terisi qizilga, keyin jigarrang va qo‗pol ranga
bo‗yalib, dag‗al bo‗lib qoladi (23-rasm).
Ichakning
shikastlanishi
anoreksiya,
ko‗ngil aynish, qorin og‗rig‗i, diareya rivojlanishi tarzida ifodalanadi. Vitamin PP
ning biologik roli shundaki, bu vitamin qarama-qarshi ta‘sirga ega bo‗lgan
oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalarida
ishtirok
etuvchi
ko‗pdan-ko‗p
degidrogenazalarning kofermentlari NAD va NADFlarning tarkibiga kiradi.
Vitamin PP kepak, pivo xamirturushi, jigar, buyrak, go‗shtlarda ko‗p miqdorda
uchraydi. Odamlarning faoliyat turiga, shuningdek, yoshiga bog‗liq holda kuniga
15-25 mg PP vitamini kerak bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: