Biokimyo va molekulyar biologiya


 (siankobolamin, antianemik vitamin)



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

12
 (siankobolamin, antianemik vitamin) 
1948-yilda 
B
12
vitamini jigardan kristall holda ajratib olingan. Bundan oldin 
hayvonlarning jigaridagi gemopoez jarayonini boshqaruvchi va odamlarda zararli 
(halokatli) anemiyani davolanishi uchun samarali ta‘sir ko‗rsatadigan maxsus 
moddalar borligi ma‘lum edi. 
Sianokobalaminning strukturaviy asosi 4 ta pirrol halqadan iborat yadroning 
5,6-dimetilbenzimidazolning azot atomi bilan hosil qiladigan, 
porfirinsimon 
korrin
yadro hisoblanadi. Vitamin molekulasining kobalt tarkibli qismi uning 
planar (yassiyuzali) shaklidir; unga nisbatan nukleotid ligand perpendikular 
ravishda joylashgan bo‗ladi, u dimetilbenzimidazoldan, ribozadan va fosfat 
qoldiqdan iborat bo‗ladi. 


208 
Bu vitaminning to‗liq strukturasi 
kobalamin
deb yuritiladi. 
B
12
vitaminini 
OH-guruhi (oksikobalamin), xlor (xlorokobalamin), H
2
O (akvokobalamin) va 
nitrat kislotasi (nitrokobalamin) tutuvchi hosilalari ajratib olingan. 
Bundan tashqari, 
B
12 
ning analoglari tabiiy manbalardan ajratib olingan 
bo‗lib, ularda 5,6-dimetilbenzimidazol o‗rniga 5-gidroksibenzimidazol yoki 
adenin, 2-metiladenin, gipoksantin va metilgipoksantin joylashgan bo‗ladi. 
Ularning barchasini biologik faolligi kobalaminga nisbatan pastroq bo‗ladi. 
Vitamin 
B
12 
ni, odatda, mikrobli muhitdan yoki hayvon to‗qimasidan kobaltning 
oltinchi ligandi sifatidagi vazifani bajaradigan sianid ionli eritmalar yordamida 
ajratib olinadi. Ammo sianokobalamin metabolik jihatdan faol emas. 
B
12
vitaminining kimyoviy tuzilishi quyidagicha: 
 
Kobalamin tarkibidagi kobalt miqdori 4 % ga yetadi. Ushbu vitamin tanadagi 
ko‗plab metabolik jarayonlarda ishtirok etadi va yuqori biologik faollikka ega. 
Vitamin 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin