Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
10.4.2. Vitamin B
1
 (tiamin, antinevritik vitamin, anevrin) 
B
1
vitamini birinchi marta 1912-yilda K.Funk tomonidan guruch kepagi 
tarkibidan kristal shaklida ajratib olingan. Kimyoviy jihatdan tiamin tarkibida 
metilen birikmasi bilan bog‗langan ikkita halqa ‒ pirimidin va tiazol mavjud: 

Vitamin B1 (tiamin) 
 
Tiamin suvda juda yaxshi eriydi. Tiaminning suvli eritmalari yuqori haroratga 
ham chidamli. Neytral va, ayniqsa, ishqoriy muhitda tiamin eritmasini qizdirish uni 
tezda parchalanishiga olib keladi. Shunday qilib, xamirdan har xil pishiriqlar 
tayyorlashda B

vitamini tezda parchalanib ketadi, chunki xamirga natriy 
gidrokarbonat qo‗shiladi. 


205 
Ovqat mahsulotlari tarkibida tiamin bo‗lmaganida, vitamin tanqisligi paydo 
bo‗lib, u 
beri-beri
(qaltirab yurish) deb nomlangan kasallik shaklida namoyon 
bo‗ladi. Beri-beri Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (Yaponiya, Indoneziya va 
boshqalar) aholi orasida keng tarqalgan kasallik bo‗lib, asosan, sayqallangan 
(kepagidan tozalangan) guruch iste‘mol qilish tufayli kelib chiqadi. Bunda dastlab 
ishtaha, keyin vazn yo‗qoladi va nihoyat moddalar almashinuvi jarayoni umuman 
buziladi.
Kasallikning o‗ziga xos asosiy alomati
polinevrit
‒ asab ustunining 
yallig‗lanishi. Kasallikning boshida bemor og‗irlik sezadi, oyoqlarning ivishi va 
chayqalishini, asab ustuni bo‗ylab og‗riqni sezish; keyin sezuvchanlikning 
yo‗qolishi va falaj bo‗lib qolish kuzatiladi. Kasallik yurak faoliyati, suv 
almashinuvi, ovqat hazm qilishning izdan chiqishi va oxir-oqibat asab 
kasalliklariga, shuningdek, ko‗plab bezlarning patologik o‗zgarishlari va 
funksional buzilishlariga olib keladi. Tiamin, asosan, o‗simlik mahsulotlaridan 
tashkil topgan ovqat tarkibida uchraydi. Uning miqdori xamirturush, donli 
o‗simliklarning urug‗ida juda ko‗p bo‗ladi. 
Sabzi, ismaloq, karam, lavlagi, no‗xat, apelsin va olma B
1
vitaminiga juda 
boy. Voyaga yetgan kishi har kuni taxminan 2-3 mg B
1
vitaminini qabul qilishi 
kerak. Ushbu vitaminga bo‗lgan ehtiyoj oziq-ovqat tarkibidagi karbonsuvlar 
miqdori ko‗payishi bilan ortadi va yog‗ miqdori oshishi bilan kamayadi. Hozirgi 
vaqtda tiamin sun‘iy sintez qilinmoqda va tibbiy amaliyotda markaziy va periferik 
(nevrit) asab tizimi kasalliklarini davolashda keng qo‗llanilmoqda. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin