Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

.
 
10.3.4. K vitamini (filloxinon, menaxinon, antigemorragik vitamin) 
Qonning ivish jarayonini tartibga soluvchi maxsus vitamin mavjudligini 
ko‗rsatuvchi dastlabki kuzatuvlar 1929-yilda o‗tkazilgan. Keyinchalik, bu 
vitaminlar guruhiga izoprenoidli yon zanjirli xinonlarning ikki turi: K
1
va K

vitaminlari kirishi ma‘lum bo‗ldi. Ikkala vitaminning siklik strukturasi 1,4-
naftoxinon halqali asosga ega. Vitamin K
1
(filloxinon) dastlab bedadan ajratib 
olingan, 1939-yilda sintetik yo‗l bilan sintezlangan va u xinoid halqaning 3-o‗rnida 
joylashgan 20 ta uglerod atomidan tashkil topgan fitil radikaliga ega bo‗lgan 2-
metil-1,4 naftoxinonning hosilasi bo‗lib chiqdi: 
 
Vitamin K
1
 (filloxinon) 
 
Vitamin K
2
(menaxinon) o‗simliklar va hayvonlarda uchraydi va uning yon 
zanjirida 6 dan 9 gacha izopren qoldiqlari bo‗ladi: 


203 
 
Vitamin K
2
 (menaxinon; n = 6,7 yoki 9) 
1929-yilda G.Dam ozuqasi tarkibida lipidlar bo‗lmagan, lekin boshqa barcha 
komponentlar yetarli miqdorda bo‗lgan jo‗jalarning teri osti va mushagi ichiga qon 
quyilishi ‒ gemorragiya (qon ketishi) paydo bo‗lishiga e‘tibor berdi. Bunda kuchli 
qon ketishlar oshqozon-ichak traktida, ayniqsa, oshqozonda kuzatilgan edi. 
Shunday qilib, K vitamini qon ivishida ishtirok etishi aniqlandi. K vitamini qon 
ivish jarayonida ishtirok etadigan bir qator moddalarning (protrombin, 
trombotropin va boshqalar) biosintezini stimullashi aniqlandi. K vitamini og‗riqni 
qoldiruvchi kuchli ta‘sirga ham ega. Bu vitamin, asosan yashil o‗tlar va 
o‗simliklarning yashil barglarida uchraydi. Hayvonlarda K vitamini, ichak 
mikroflorasi tomonidan sintezlanadi va ichak orqali so‗riladi. Yangi tug‗ilgan 
chaqaloqlar, ayniqsa, muddatidan oldin tug‗ilgan chaqaloqlarning ichak 
mikroflorasi hali shakllanmaganligi sababli K vitaminiga muhtoj bo‗ladi. 
Ayniqsa, homilador ayollar, emizikli onalar va sariqlik kasalligiga 
chalingan bemorlar sulfamid preparatlaridan foydalanishi natijasida ichak florasi 
rivojlanishining cheklanishi tufayli K vitaminining biosintezi susayib qoladi. 
Hozirgi vaqtda K vitamini sintetik usulda olinadi. Sintetik usulda olingan K 
vitamini hator afzalliklarga ega - u suvda eriydi, faol va shu sababli tibbiyotda 
keng qo‗llaniladi. Tibbiyotda ayniqsa, K vitaminining bisulfidli hosilasi 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin