199
opsindan rodopsinning resintezi sodir bo‗lmaydi. A vitamini gipovitaminozida
gemeralopiya (tungi ko‗rlik, shabko‗rlik) yuz beradi, ya‘ni qorong‗ilikda ko‗zning
ko‗rish qobiliyati yo‗qoladi.
Gipervitaminoz A uni ortiqcha iste‘mol qilganda paydo bo‗ladi, chunki u
tanada yig‗ilishi mumkin. So‗nggi paytlarda gipervitaminoz bolalarda tez-tez
uchraydigan bo‗lib qoldi, chunki A vitaminining sintetik preparatlarini berish
tufayli ularning organizmdagi miqdorini suni‘y oshirib yuborish holatlari uchrab
turadi. Uning klinik ko‗rinishlari ko‗ngil aynish, qusish, soch to‗kilishi va
suyaklarning tez-tez sinib turishi orqali namoyon bo‗ladi. Gipervitaminozning
oldini olish uchun to‗g‗ri ovqatlanish va A vitaminini iste‘molini jiddiy nazorat
qilish lozim.
A vitaminining manbalari sariyog‗, tuxum sarig‗i, dengiz hayvonlarining
jigari va baliq hisoblanadi. O‗simlik mahsulotlari (sabzavot, mevalar) karotinlarga
boy bo‗lib, ularning parchalanishi natijasida organizmda A vitamini hosil bo‗ladi.
Tabiatda karotinning uchta izomeri (α-, β- va γ-karotinlar) mavjud bo‗lib, ular
odam va hayvonlar organizmida A vitaminiga aylanishi mumkin. β-karotin
gidrolizida, uning bir molekulasidan ikki molekula A vitamini molekulasi hosil
bo‗ladi:
Dostları ilə paylaş: