Yog‗ning qondan to‗qimaga o‗tish jarayonini izdan chiqishi.
Bunda qon
lipoproteinlipazasi faolligi past bo‗lishi (triglitserinlarning parchalanmasligi)
tufayli yog‗ kislotalarning qon plazmasi xilomikronlaridan yog‗ to‗qimasiga o‗tishi
izdan chiqishi mumkin. Bu ko‗pincha irsiy kasallik sifatida uchraydi, bunda qon
plazmasi lipoproteinlipazasi faollikka ega bo‗lmaydi, natijada xilomikronlarning
miqdori oshib ketadi va qon plazmasi sut rang bo‗lib qoladi.
Ketonemiya va ketonuriya.
Sog‗lom odamning qonida keton (atseton)
tanachalar juda past konsentratsiyada uchraydi. Lekin och qolganda va kandli
diabetning og‗ir shakliga chalingan odamlarda keton tanachalarning qondagi
miqdori 20 mmol/l gacha oshib ketishi mumkin. Bunda keton tanachalarning
siydik tarkibidagi miqdori keskin oshib ketadi
(ketonuriya)
va bu kasallik holatini
ketonemiya
deyiladi
.
Agar sog‗lom odamda bir kecha-kunduzda siydik bilan 40
mg keton tanachalari ajralsa, qandli diabetda 50 g va hattoki, undan ham ko‗p
ajralishi mumkin.
193
Materiallarni mustahkamlash uchun savollar:
1. Qanday moddalarga lipidlar deyiladi?
2. Kimyoviy jihatdan lipidlar sinflari qanday farqlanadi?
3. Lipidlarning biologik ahamiyati.
4. Lipidlarning nomlanishi va klassifikatsiyasi.
5. To‗yingan va to‗yinmagan yog‗ kislotalari haqida ma‘lumot bering.
6. Qanday moddalarni neytral yog‗lar deyiladi?
7. Mumlarning tuzilishi, funksiyalari va xossalari.
8. Fosfoglitseridlarning tuzilishi, xossalari.
9. Sfingomielin, serebrozid, gangliozidlarning tuzilishi, xossalari.
10. Sterinlar. Tuzilishi, xossalari, funksiyalari.
11. Lipidlarning ovqatlanishdagi ahamiyati.
12. Lipidlarning hazmlanishi va so‗rilishi.
13. Yog‗larni hazmlanishida o‗t kislotalarining roli.
14. Lipidlarning almashinuvi.
15. Lipid almashinuvining boshqariluvi.
16. Palmetin kislotaning β-oksidlanishini energiya balansi.
17. Lipid almashinuvining izdan chiqish holatlari.
18. Lipidlar almashinuvining boshqarilishida gormonlarning roli.
19. Yog‗larning hazm bo‗lishi va so‗rilishining izdan chiqishi.
20. Ketonuriya va ketonemiya.
21. Yog‗larning gidrolizi, uning bosqichlari.
22. Yog‗larning biosintezi, uning bosqichlari.
|