192
sekretsiyasiga ingibirlovchi ta‘sir ko‗rsatadi va shu mexanizm orqali ham
boshqariluv yuz berishi mumkin.
Albatta, boshqa gormonlar ham lipidlar almashinuviga ta‘sir etadi. Masalan,
hayvonlarni bichish (kastratsiya) ularning organizmida yog‗ni ko‗p miqdorda
yig‗ilishiga va semirishiga olib keladi. Lipid almashinuvining izdan chiqishi
yog‗larning hazm bo‗lishi va so‗rilishi paytidanoq boshlanishi mumkin. Bundan
tashqari, lipidlar almashinuvining buzilishi oshqozon-ichak kasalliklari tufayli ham
bo‗lishi mumkin. Bunda qondagi lipoproteinlipazaning faolligi yetarli darajada
emasligi tufayli yog‗ kislotalarini qon plazmasi xilomikronlaridan yog‗ning zaxira
(depo)ga o‗tishi izdan chiqadi. Och qolganda, shuningdek, shakarli diabetga
chalingan bemorlarda keton tanachalarini miqdori keskin oshib ketadi. Bu holat
ketonemiya
deyilib, bunda siydik bilan ko‗p miqdorda keton tanachalari ajraladi.
Lipid almashinuvining izdan chiqish holatlari
. Lipid almashinuvining
izdan chiqishi yog‗larni hazmlanishi va so‗rilishidayoq boshlanishi mumkin.
Ulardan biri pankreatik lipazaning kamligi bo‗lsa, ikkinchisi o‗tning ichakka
yetarli miqdorda chiqmasligidir.
Bundan tashqari lipidlarning hazmlanishi va so‗rilishini izdan chiqishi
oshqozon-ichak yo‗li kasalliklari (enteritlar, gipovitaminozlar va boshqa patologik
holatlar)da ham yuz berishi mumkin. Bunda reaksiya natijasida hosil bo‗lgan
monoglitseridlar va yog‗ kislotalari ichak devorlari epiteliyasinini shikastlanganligi
tufayli ularning so‗rilishi susayadi. Bunda axlat tarkibida parchalanmay qolgan
yoki so‗rilmay qolgan yog‗ kislotalar ko‗pligi va rangining oqish-kulrang bo‗lishi
kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: