Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

10.4.3. Vitamin B
2
 (riboflavin, o‗sish vitamini) 
Bu vitamin birinchi marta sut mahsulotlaridan ajratib olingan. Uni dastlab 
ajratib olingan mahsulotlarga mos holda har xil nomlar: laktoflavin (sutdan), 
gepaflavin (jigardan), ovoflavin (tuxumdan), verdoflavin (o‗simliklardan) deb 
nomlagan bo‗lsa-da, keyingi olib borilgan tadqiqotlar bu moddalarning hammasi 
bir xil modda ekanligini isbotladi. O.Varburg birinchi B
2
vitaminini o‗rgangan 
(1932). U 1938-yilda B
2
vitaminining flavinadenindinukleotid tizimiga kirishini 
aniqlagan. B
2
vitaminning kimyoviy sintezini 1935-yilda R.Kun amalga oshirdi. 
B
2
vitamin eritmalari qizg‗ish-sariq rangli bo‗lib, sariq-yashil fluoressensiyaga ega. 
Uning asosida izoalloksazin halqasi turadi. Bu halqaning 9-o‗rnida joylashgan azot 
atomiga ribitol spirti birikkan bo‗ladi. Uning ―riboflavin‖ deb atalishida ribitol va 
uning sariq (lotincha ‒ ―phlavo‖) rangli bo‗lishi ma‘nolari aks etgan. U ribitol 
spirti va izoalloksozindan iborat va o‗ziga xos maxsus xususiyatga ega. B
2
vitaminning ilmiy nomlanishi 6,7 dimetil-9-D-ribitil-izoalloksazin deyilib, uning 
kimyoviy tuzilishi quyidagicha: 


206 
Riboflavinning biologik ahamiyati shundaki, u flavinli kofermentlar tarkibiga 
kiradi, xususan, FMN va FAD flavoproteid-fermentlarning nooqsil komponenti 
hisoblanadi. Riboflavin suvda yaxshi eriydi, nordon eritmalar ta‘siriga chidamli, 
lekin neytral va ishqoriy muhitlarda tezda parchalanadi. Yorug‗likka va 
ultrabinafsha nurga nisbatan sezgir, bu xildagi ta‘sir riboflavin halqasidagi 
qo‗shbog‗ tutib turgan joyga vodorod qo‗shib olinishi va natijada uni rangsiz 
holatga o‗tishiga bog‗liq. Bu xususiyatiga muvofiq ravishda riboflavin, kofaktor 
vazifasini bajaradi va hujayrada amalga oshadigan biologik oksidlanishda ishtirok 
etadi. B

vitamin yetishmasligi eksperimental hayvonlarda yaxshi o‗rganilgan. 
Bunda o‗sish to‗xtab qoladi, jun tushadi, til va lab yallig‗lanadi. Shuningdek, 
ko‗zning shamollashi, ko‗z gavharini xiralashuvi, muskullarning bo‗shashishi, 
yurak muskullarining nimjonlashuvi kabi o‗zgarishlar yuzaga chiqadi. Asab 
tizimida gipovitaminoz tiaminning gipovitaminoziga oid belgilarning kuchsizroq 
darajada rivojlanishi orqali namoyon bo‗ladi. Riboflavinning boy manbalari 
o‗simlik mahsulotlari (g‗allasimonlarning urug‗lari, loviya, yangi sabzavotlar), 
xamirturushdir. Sut, pishloq, tuxum, go‗sht tarkibida ham ko‗pgina miqdorda 
riboflavin uchraydi. Voyaga yetgan odamlar uchun kunlik ehtiyoj 1,5-2,5 mg ni 
tashkil qiladi. Keksa odamlar va jismoniy mehnat bilan mashg‗ul bo‗lgan odamlar 
bu ko‗rsatkichlarni biroz oshirishi talab qilinadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin