274
(1956) E.coli ekstraktlaridan ajratib olingan edi. Bu ferment nukleotidlarni bir
zanjirli matritsada polimerlanish reaksiyasini katalizlaydi. Sintez uchun ―DNK
oqligi‖ (praymerining bo‗lishi) talab qilinadi. Polimerlanish DNK oqligining 3′-
OH-guruhiga mononukleotidlarni biriktirish orqali boradi. Matritsa ferment
tomonidan komplementarlik qoidasiga mos ravishda
tegishli nukleotidni
tanlanishini belgilaydi: A ga T, G ga S birikadi. Zanjirning o‗sib borishi 3′-OH-
yo‗nalishida
sodir
bo‗ladi.
DNK-polimeraza
maxsus
ravishda
dezoksiribonukleozidlardan 5′-trifosfatlar mavjudligida faol bo‗ladi, 5′-difosfatlar
va 5′-monofosfatlar mavjudligida u faollikka ega bo‗lmaydi. Ular ribonukleozidlar
va 5′-trifosfatlar mavjudligida ham faol emas. Reaksiya bo‗lib o‗tishi uchun Mg
2+
ionlarini bo‗lishi talab qilinadi.
DNK replikatsiyasi jarayonida DNK polimeraza I ning sintezlash funksiyasi
yordamchi-vositachilik rolidan iborat bo‗lib, bu ferment RNK-oqlik ajralgandan
keyin DNK fragmentlari orasida paydo bo‗lgan nuqsonlarni ―tikish yo‗li bilan
ta‘mirlaydi‖. Shuningdek, DNK-polimeraza I korreksiyalash
funksiyasini ham
bajaradi, ya‘ni DNK ga noto‗g‗ri birikib qolgan nukleotidlarni ajratib turadi. Bu
holatda ferment 3′---->5′-ekzonukleaza tartibdagi faollikni namoyon qiladi. DNK-
polimeraza I reparatsiya jarayonida, ya‘ni DNK ning shikastlangan joylarini
tiklashda muhim rol o‗ynaydi. Boshqa DNK polimerazalardan farqli o‗laroq, DNK
polimeraza I DNK matritsasida bir nechta uzilgan joylar bo‗lganda ham, sintezni
amalga oshirishi mumkin.
Bu hodisa 5′-3′-ekzonukleazaning o‗ziga xos faollikka egaligi, ya‘ni DNK
polimeraza I
qator nukleotidlarni ajratishi, shikastlanish darajasini kattalashtirib,
uni sintezlash uchun yaroqli bo‗lgan ―start maydonchasi‖ga aylantirishi bilan
bog‗liq.
Hujayralarning ultrabinafsha nurlari bilan nurlanishi natijasida hosil
bo‗ladigan timin dimerlarini bir-biridan ajralishi natijasida paydo bo‗lgan
shikastlanishlarning tiklanishida DNK polimeraza muhim ahamiyatga ega.
Nukleotidni 3′-uchiga bir vaqtning o‗zida kiritilishi va 5′-uchidan nukleotidni olib
tashlashni katalizlash orqali DNK polimeraza I DNK molekulasini yakka zanjirli
holatga ajralib siljib borishini ta‘minlaydi. Aftidan, bunday
ajralib siljib borish
yoki ―nik translatsiyasi‖ (inglizcha, ―nick‖ – ―kertik‖ so‗zidan olingan) tufayli
hujayralarni ultrabinafsha nurlari bilan nurlanishidan kelib chiqadigan
shikastlanishlarning reparatsiyasi (tiklanishi)da ham sodir bo‗ladi.
Shuni aytish mumkinki, DNK polimeraza I ning hujayradagi ahamiyati juda
muhimdir.
E.coli hujayralarida DNK polimeraza II ham uchraydi.
Uning roli DNK
molekulasidagi shikastlangan qismlarni tiklashdan iborat. Agar DNK oralig‗idagi
uzilishlar 2-100 nukleotid darajasida bo‗lsa, u holda DNK polimeraza II uni
275
uzilgan joyning 3′-OH-uchi tomoniga nukleotidlarni biriktirish orqali to‗ldiradi.
Agarda uzilishlar soni bundan ham ko‗p bo‗lsa, unda DNK polimeraza II
reparatsiyalashga qodir bo‗lmaydi yoki uni qisman amalga oshiradi. Hujayrada
DNK polimeraza I bo‗lmagan taqdirda,
DNK polimeraza II DNK ning
replikatsiyasi jarayonida hosil bo‗lgan DNK fragmentlarini tiklab to‗ldiradi.
T.Korenberg va hammualliflar tomonidan E.coli hujayralaridan DNK polimeraza
III ham ajratib olingan. Bu ferment DNK replikatsiyasida muhim rol o‗ynaydi.
DNK polimeraza III, boshqa polimeraza turlari kabi, polimerlanishni 5′-3′
yo‗nalishida amalga oshiradi. In vitro sharoitida matritsa sifatida 3′-OH- uchli ko‗p
sonli uzilishlarga ega bo‗lgan qo‗sh zanjirli DNK molekulasi xizmat qiladi. DNK
polimeraza III ning faolligi DNK polimeraza I ga nisbatan 15 baravar, DNK
polimeraza II ga qaraganda 300 baravar yuqori bo‗ladi.
Eukariot hujayralarida E.coli va boshqa prokariot hujayralardagi singari, bir
nechta DNK polimerazalar uchraydi. Prokariotlardan farqli o‗laroq, eukariot DNK
polimerazalar ekzonukleaza faolligiga ega bo‗lmaydi,
shuning uchun ular
korreksiyalash funksiyasini bajara olmaydilar. DNK-polimerazalar orasida α-
DNK-polimeraza ko‗proq uchraydi, ayniqsa, u jadal o‗sadigan hujayralarda ko‗p
bo‗lib, yadro DNK si replikatsiyasini amalga oshiradi. Eukariot hujayralarida
ikkinchi xil β -DNK polimeraza uchraydi va yadro DNKsini reparatsiyasida
ishtirok etadi, u tuban eukariotlarda (xamirturush, tuban o‗simliklar) bo‗lmaydi. Y-
DNK polimeraza mitoxondriyada uchraydi. Yuqoridagi ikki xil polimerazalardan
xossalari jihatidan ajralib turadi va mitoxondriyal
DNK ning replikatsiyasini
katalizlaydi.
Dostları ilə paylaş: