Purin asoslarining biosintezi. Purin halqasining de novo yo‗li bilan
biosintezi turli turlarga mansub tirik mavjudotlarda: bakteriyalar, zamburug‗lar,
qushlar va odamlarda bir xil tarzda amalga oshadi. Bu barcha tirik mavjudotlarda
kechadigan qator asosiy biokimyoviy jarayonlarning bir xil ekanligini ko‗rsatadi.
Bunda murakkab sintez jarayoni tufayli azotli asos emas, balki uning nukleotidi-
inozin kislotasi hosil bo‗ladi. Shunday qilib, barcha qolgan purin asoslarini
sintezlanishi uchun inozin kislotasi asos bo‗lib xizmat qiladi.
Inozin kislotasini aminlanishi natijasida adenil kislota (AMF) hosil bo‗ladi,
buning uchun amin guruhni asparagin kislota yetkazib beradi. Guanil kislota
(GMF)ning inozin kislotadan hosil bo‗lish jarayoni ikki bosqichda amalga oshadi.
Birinchi bosqichda inozin kislota oksidlanib, ksantozin-5′-fosfat (KMF)ga
aylanadi, ikkinchi bosqichda aminlanish orqali guanil kislota (GMF)ni hosil qiladi.
Bunda qushlarda aminoguruhning donori sifatida glutamin, bakterial tizimlarda esa
ammiak xizmat qiladi.
Pirimidin asoslarining biosintezi. Pirimidin asoslarini sintezlanishining
birinchi bosqichi NH
3
va CO
2
dan karbomoil fosfat hosil bo‗lishi hisoblanadi.
Keyin karbomoil fosfat asparagin kislota bilan reaksiyaga kirishadi va aspartat
karbomoil-transferaza ta‘sirida karbomoil aspartatga aylanadi. Hosil bo‗lgan
karbomoilaspartat siklizatsiyalanish va oksidlanish jarayonlariga duch kelib, orot
kislotaga aylanadi, ya‘ni pirimidin halqasining shakllanishi yuz beradi.
Shunday qilib, pirimidin nukleotidlarini sintez qilishda, yuqorida aytib
o‗tilgan purinli nukleotidlardan farqli o‗laroq, dastavval erkin azotli asos hosil
bo‗ladi. Va shundan keyingina pirofosforilaza reaksiyasi bo‗lib o‗tadi, reaksiya
davomida orot kislotaga fosforibozilpirofosfata (FRPF)dagi ribozo-5′-fosfat
birikadi, bunda orotidin-5′-monofosfat (OMF) nukleozidi hosil bo‗ladi. OMF ning
dekarbosillanishi boshqa pirimidin nukleotidlarining asosi bo‗lgan ‒uridin-5′-
monofosfata (UMF) ning hosil bo‗lishiga olib keladi (Rasm-32).