Biokimyo va molekulyar biologiya


Transport RNK ning akseptorlovchi uchi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Transport RNK ning akseptorlovchi uchi

Bunda tashiluvchi aminokislota tegishli t-RNK ga maxsus ferment yordamida 
birlashtiriladi. Antikodon shoxcha akseptor shoxchaga qarama-qarshi joylashadi, 
unda besh juft nukleotid bo‗ladi. 
Antikodon ilmoqning o‗rta qismida kodonga komplementar bo‗lgan uchta 
nukleotiddan tashkil topgan antikodon va m-RNKdagi muayyan aminokislota 
bo‗ladi. Masalan, m-RNA 5´-GSS-3´ tarkibidagi kodonga 3´-SGG-5´ antikodoni 
to‗g‗ri keladi. Bunda 3´-SGG-5´ t-RNK ning m-RNKga o‗zaro ta‘sirlanishi maxsus 
muvofiqlikdaligini ko‗rsatadi. Har bir t-RNK o‗ziga mos keladigan antikodonga 


268 
ega. Psevdouridinli ilmoqda minor psevdouridin komponenti bo‗ladi. U 7 ta 
nukleotiddan iborat bo‗lib, ular orasida albatta 5´-TφS G-3´ketma-ketligi bo‗ladi. 
Ribosoma bilan t-RNK ning aynan shu ilmog‗i o‗zaro ta‘sirlanadi degan 
taxmin qilinadi. t-RNK ning D-shoxchasi 8-12 nukleotiddan iborat ilmoqli bo‗ladi. 
Bu digidrouridin ilmog‗i bo‗lib, unda doimo bir nechta digidrouridinning minor 
qoldiqlari bo‗ladi. Barcha t-RNK larda har xil uzunlikdagi qo‗shimcha beshinchi 
shoxcha bo‗ladi, uning funksiyasi hanuzgacha yaxshi o‗rganilmagan, aftidan, 
uning yordamida har xil uzunlikdagi t-RNK molekulalarining uzunligi 
muvofiqlashtiriladi (31-rasm). 
31-rasm. 
Transport RNK ning tuzilishi

I - umumiy tuzilish, II – uchlamchi strukturasi. 
 
Metillangan va boshqa xilda modifikatsiyalangan nukleotidlar t-RNK 
molekulasining vodorod bog‗lari hosil bo‗lmaydigan joylarda joylashadi. Ehtimol, 
ularning t-RNK ning uchlamchi strukturasini shakllanishida ma‘lum darajadagi roli 
bo‗lishi mumkin. Evolyutsion rivojlanishning turli bosqichlarida bo‗lgan 
organizmlardan ajratib olingan t-RNK larning birlamchi strukturasini taqqoslash 
uning yuqori darajadagi konservativ modda ekanligidan dalolat beradi. 
Sintez qilingan oqsilning birinchi aminokislotalarini ribosomaga olib 
keladigan initsiator (tashabbuskor) t-RNK larning tuzilishi barcha umurtqali 
hayvonlarda bir xildir. Shunday qilib, bu t-RNK lar 500 million yil davomida


269 
ya‘ni umurtqali hayvonlarning paydo bo‗lgani (divergensiyasi)dan boshlab 
o‗zgarishsiz qoldi deb hisoblash mumkin.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin