Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

immunologiya
ni asosini 
tashkil qiladi. 
14.3. Siklik (halqasimon) va superspiral DNK molekulalari 
Ko‗p hollarda DNK Uotson-Krikning ―qo‗sh spirali‖ shaklida uchraydi. 
Uning asosiy xususiyatlari quyidagicha tavsiflanadi. Ikki polideoksiribonukleotid 
zanjiri bir-biri bilan vodorod bog‗lari yordamida bog‗lanib, o‗zining umumiy o‗qi 
atrofida o‗ng tomonga qarab buralish yo‗li bilan spiral hosil qiladi. Zanjirning 
qo‗sh spirali antiparallel va bir-biriga nisbatan komplimentar bo‗ladi, ya‘ni 
vodorod bog‗lanishlari (ko‗ndalang) hosil bo‗lib, bu bog‗lanishlar har doim S va G 
yoki A va T asoslari orasida bo‗ladi. Ko‗p holatlarda tabiiy DNK lar, ya‘ni 
plazmida, mitoxondriya va xloroplastlar DNK lari, shuningdek, ko‗plab viruslar va 
bakteriyalarning DNK lari Uotson-Krikning ―qo‗sh zanjirli‖ shaklida mavjud 
bo‗ladi. Bunday DNK lar, odatda, superspiral holatda buralgan bo‗ladi. Bu holatda, 
qo‗sh spiral o‗z-o‗zidan aylanma hosil qilib buraladi, bunda hosil bo‗lgan super 
spiralning buralish soni tashqi sharoitga bog‗liq tarzda yuz beradi. Siklik DNK 
ning superspirallanishi molekulaning fizik xususiyatlarini kuchli o‗zgarishlarga 
olib keladi (29-rasm).
29-rasm. 
DNK-giraza ta‘sirida qo‗sh zanjirli superspiralizatsiyalanishi:
 
a) ajralgan holdagi shakli; b) superspiralizatsiyalangan holdagi shakli.
Hujayralarda superspirallanish maxsus fermentlar tomonidan amalga 
oshiriladi, ular esa bakteriyalarda yaxshi o‗rganilgan va 
DNK-giraza 1
yoki 


265 
topoizomeraza 11
deb yuritiladi. Boshqa fermentlar 
topoizomeraza 1
lar
 
halqali 
molekulalarda
 
aylanma halqa sonini kamaytirib, har xil aylanma soniga ega 
bo‗lgan ―izomerlar‖ to‗plamini hosil qiladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin