Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

OQSILLAR BIOSINTEZI. 
14. 1. Hayotiy hodisalarni molekulyar darajada o‗rganish.
Molekulyar biologiya 
Keyingi yillarda hayot hodisalari kimyosini o‗rganish molekulyar darajada 
amalga oshirila boshlandi, mazkur fan endi ―Molekulyar biologiya asosidagi 
biokimyo‖ deb nomlanmoqda. Molekulyar biologiya atamasi birinchi marta XX 
asrning 50-yillarida ingliz olimi V.Astbern tomonidan kollagen, qonning fibrini 
yoki mushaklarning qisqaruvchi oqsillari kabi fibrillar oqsillarning molekulyar 
strukturasi, fizikaviy va biologik xususiyatlari o‗rtasidagi bog‗lanishlarni tadqiq 
qilish natijalarining ilova qismida qo‗llanilgan edi.
Molekulyar biologiya
biologik obyektlar va tizimlardagi hayotiy faoliyat 
hodisalari mohiyatini molekulyar darajaga yaqinlashgan, qator hollarda esa shu 
chegara darajasiga yetgan holatlarda o‗rganishni o‗zining vazifasi qilib qo‗ygan 
fandir. Bunda pirovard maqsad hayotning o‗ziga xos ko‗rinishlari, xususan, irsiyat, 
ko‗payish (urchish), oqsillar biosintezi, qo‗zg‗aluvchanlik, o‗sish va rivojlanish, 
axborotning saqlanishi va uzatilishi, energiya aylanishi, harakatchanlik va 
boshqalarning biologik muhim moddalar, birinchi navbatda, yuqori molekulyar 
og‗irlikdagi biopolimerlarning ikkita asosiy sinfi ‒ oqsillar va nuklein kislotalar 
molekulalarining tuzilishi, xususiyatlari va o‗zaro ta‘siriga bog‗liq ekanligini 
aniqlashdan iboratdir. 
Molekulyar biologiya tabiatshunoslikning yangi sohasi bo‗lib, u uzoq vaqtdan 
beri shakllangan tadqiqot yo‗nalishlari bilan chambarchas bog‗liq, ular biokimyo, 
biofizika, bioorganik kimyo, sitologiya va genetika kabilarni o‗z ichiga oladi.
Ma‘lumki, tirik organizmlar xususiyatlarning hujayradan hujayraga va 
organizmdan organizmga o‗tishi, ya‘ni genetik axborotni avloddan avlodga 
ko‗chirilishi orqali mavjud bo‗ladi va rivojlanadi. Genetik axborot – bu tirik 
organizmlarning genlar shaklida avloddan avlodga ko‗chiriladigan irsiy tuzilmalari 
(xromosomalar, sitoplazma, hujayra organoidlari)da saqlanadigan ma‘lumotlari 
bo‗lib, ular organizmni tashkil etuvchi moddalar(birinchi navbatda, oqsillar va 
nuklein kislotalar)ning tarkibi, tuzilishi va almashinuv tavsiflari to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar to‗plamidir. Ko‗p hujayrali organizmlarda jinsiy ko‗payish jarayonida 
genetik ma‘lumotlar avloddan avlodga jinsiy hujayralar ‒ gametallar orqali 
ko‗chiriladi, ular genetik axborotni ko‗chirish va saqlash funksiyasini bajaradi.
Mikroorganizmlar va viruslar genetik axborotni ko‗chirilishini maxsus turlari 
(seksduksiya, transduksiya, transformatsiya)ga ega. Irsiy axborot, asosan, 
xromosomalarda joylashgan bo‗lib, u DNK molekulalarida (genetik kod) 
nukleotidlarning ma‘lum bir chiziqli ketma-ketligida kodlangan bo‗ladi. Genetik 


263 
axborot ontogenez – individning rivojlanishi – gen axborotini belgiga aylantirish 
orqali amalga oshiriladi. Bunda organizmning barcha hujayralari yagona hujayra-
zigotaning bo‗linishi natijasida paydo bo‗ladi va shuning uchun potensial jihatdan 
bir xil genlar to‗plamiga, ya‘ni bir xil genetik axborotga ega. Turli to‗qimalardagi 
hujayralarning o‗ziga xos maxsus xususiyati shundaki, ularda turli xil genlardan 
ayrimlarigina faol bo‗ladi, ya‘ni barcha genetik axborotlar amalga oshmasdan, 
ularning faqat muayyan to‗qima uchun zarur bo‗lgan qismigina amalga oshadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin