Biokimyo va molekulyar biologiya


Siydikdagi ba‘zi patologik o‗zgarishlar



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Siydikdagi ba‘zi patologik o‗zgarishlar.
Tibbiy amaliyotda sog‗lom 
odamlarning siydigida mavjud bo‗lmagan moddalarni aniqlash juda muhimdir. Bu 
xil moddalar jumlasiga oqsil, shakar, o‗t va qon pigmentlari va boshqalar kiradi. 
Quyida ayrim patologik holatlarda siydik tarkibining o‗zgarishiga oid ba‘zi 
ma‘lumotlar keltiriladi.
Proteinuriya.
Buyrakning o‗tkir shikastlanishi, yurak faoliyatining izdan 
chiqishi kasalliklarida, homiladorlik paytida siydik tarkibida oqsil, xususan, qon 
zardobi oqsillari 0,2-0,5 % va undan yuqori konsentratsiyada paydo bo‗lishi 
mumkin. Suyaklarning shikastlanganida ham siydikda oqsil paydo bo‗lishi 
mumkin, bu oqsilli siydikni 60-70° C haroratgacha qizdirganda cho‗kadi va harorat 
80° C da yetkazilganda yana erigan holatga keladi. Bu oqsilni shifokor nomi bilan 
Bens-Djons oqsili deb yuritiladi, chunki u kishi birinchi marta bu oqsilni 
ta‘riflagan edi. Bu oqsilning kashf etilishi suyaklarning organik moddalariga oid 
jarohatlarni aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega. 
Gematuriya va gemoglobinuriya.
Siydik tarkibida qon hujayralarining 
paydo bo‗lishini
 gematuriya 
deb ataladi. Bu holat siydik yo‗llari shikastlanganda, 
jinsiy-tanosil yo‗llari jarohatlanganda paydo bo‗ladi. Gematuriyada siydik to‗q-
qizil rangga kiradi. Eritrotsitlar parchalanganda siydikda gemoglobin paydo 
bo‗ladi, uni 
gemoglobinuriya
deyiladi. Bu og‗ir simptom kompleksi, og‗ir 
yuqumli kasalliklarda, kuyish va zaharlanish holatlarida paydo bo‗ladi. 
 Glukozuriya.
Jiddiy ruhiy kasallikda, qandli diabetda va ko‗p miqdorda 
shakar iste‘mol qilganda siydikda shakar paydo bo‗ladi, uning miqdori bunday 
holatlarda hatto 100-200 mg % ga yetishi mumkin. 
Ketonuriya (atsetonuriya).
Bu holat siydikda ko‗p miqdordagi atseton 
tanachalari (atseton, atseto-sirka kislotasi va β-oksimoy kislota) mavjudligi bilan 
tavsiflanadi. Sog‗lom odamda, odatda, siydik tarkibidagi keton tanachalari kuniga 
20-30 mg atrofida ajratib chiqariladi. Qandli diabet kasalligida bu miqdor 60 g 
gacha ko‗payb ketishi mumkin. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin