Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
13.4.2. Buyrakning funksiyasi 
Buyraklar eng muhim organlardan biri bo‗lib, uning asosiy vazifasi 
organizmning ichki muhitini barqarorligini ta‘minlashdan iboratdir. Buyrak suv va 
elektrolitlar muvozanatini ta‘minlashda, kislota-ishqor muvozanatini saqlashda, 
azotli chiqindilarni ajratib chiqarishda, tana suyuqliklarining osmotik bosimini 
doimiy ravishda ushlab turishda, qon bosimini boshqarishda, eritropoezni 
stimullashda va boshqalarda ishtirok etadi. Hujayraning barcha metabolitik 
mahsulotlari dastlab qonga o‗tadi, u orqali buyraklarga yetkaziladi. Bir daqiqada 
buyraklar orqali o‗tadigan qonning hajmi taxminan 1 litrni tashkil etadi, ya‘ni u bir 
kecha-kunduzda 1500 litrga teng, siydik esa atigi 1,2-1,5 litr ajralib chiqadi. 
Buyraklar faoliyatining yana bir xususiyati shundaki, ular faqat organizmdan 
ajratib chiqariladigan moddalarni ajratibgina qolmasdan, balki qon tarkibidagi 
qator muhim birikmalarning qaytadan so‗rilishi (resorbsiya)ni ta‘minlaydi hamda 
alohida moddalarni sekretlanishini ham amalga oshiradi. Bularning barchasi 
shundan dalolat beradiki, buyraklar almashinuv jarayonlari jadal kechadigan organ 
hisoblanadi.


258 
13.4.3. Siydik hosil bo‗lishi, uning tarkibi, xususiyatlari va
patologik o‗zgarishlari 
Buyraklarda siydik hosil bo‗lish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. 
Dastlab, buyrak tugunchalarida birlamchi siydik hosil bo‗ladi, uning tarkibida 
oqsillardan tashqari qon plazmasining barcha shakli ham bo‗ladi. Tugunchalarda 
ajralgan suvning asosiy qismi va erigan moddalarning bir qismi resorbsiyalanib 
(qaytadan so‗rilib), tarkibida plazmadagiga nisbatan ko‗proq miqdorda qator 
moddalarga ega bo‗lgan oxirgi siydik hosil bo‗ladi. Siydikning reaksiyasi doimiy 
emas. U, eng avvalo, ovqatning tarkibiy tavsifiga bog‗liq. Shuningdek, buyraklar 
tomonidan qon va to‗qimalar pH ni boshqarilishida moddalar almashinuvi 
mahsulotlarini 
ajratilishini 
ta‘minlashdagi ishtirokiga bog‗liq. Yirtqich 
hayvonlarning siydigi kislotali, o‗txo‗r hayvonlarning siydigi ishqoriy, har narsani 
yeyaveradiganlarda esa kuchsiz kislotali bo‗ladi. 
Odamlar aralash ovqat iste‘mol qilganligi sababli siydik reaksiyasi kuchsiz 
kislotali bo‗ladi. Odam 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin