Biokimyo va molekulyar biologiya


go‗sht ko‗p iste‘mol qilganda,  kislotaliligi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

go‗sht
ko‗p iste‘mol qilganda, 
kislotaliligi
oshadi, faqat
 
o‗simlik
mahsulotlari iste‘mol qilganda, u biroz 
ishqoriy
bo‗ladi. Sog‗lom odam 
siydigining solishtirma og‗irligi 1,010 dan 1,025 gacha bo‗lishi mumkin. Bu 
fiziologik ko‗rsatkich chegarasi ichiladigan suyuqlik miqdoriga, shuningdek, 
terlash jadalligiga bog‗liq. Siydikning solishtirma og‗irligi har xil patologik 
sharoitlarda o‗zgarishlarga duch keladi. Qandli diabetda siydikning solishtirma 
og‗irligi 1,035 va undan yuqori darajaga ko‗tariladi. Siydikning osmotik bosimi 
qonning osmotik bosimidan pastroq, ammo ba‘zi patologik holatlarda unga 
yaqinlashadi. Shunday qilib aytish mumkinki, pH ko‗rsatkichi va siydikning 
osmotik bosimini aniqlash tibbiyotda diagnostik ahamiyatga ega. 
Siydikning kimyoviy tarkibi.
Sog‗lom odamning siydigidagi bir kecha-
kunduzda ajratiladigan moddalarning miqdori quyidagicha: 
Quruq moddalar - 55,0-70,0 g. 
Ulardan: 
Organik moddalar…22.02-46.0 g Anorganik moddalar…15.0-25.0 g 
Siydikchil………….20,0-35,0 g Natriy………………….4,0-6,0 g 
Siydik kislotasi...0,5-1,0 g Kaliy…………..……….2,0-3,3 g 
Kreatinin…………..0-2,5 g Ammoniy…………….....0,0-0,8 g 
Gippur kislotasi….0,7 g Xlor………………….…6,0-9,0 g 
Aminokislotalar….1,0 g Fosfatlar……………..2,0-6,7 g 
Sulfatlar……………..1,8-3,6 g
Organlar faoliyatini izdan chiqishi tufayli kelib chiqadigan kasalliklar qon 
tarkibini o‗zgartiradi, bu esa siydik tarkibini o‗zgarishida o‗z aksini topadi. 


259 
O‗zgarishlar siydikning fizikaviy, kimyoviy xossalarida, me‘yoriy holatlarda, 
uchramaydigan moddalarning paydo bo‗lishida yoki siydikning tarkibiy qismlari 
nisbatini o‗zgarishida namoyon bo‗lishi mumkin. Binobarin, siydik tarkibini sifat 
va miqdoriy tahlili tibbiy amaliyotda muhim diagnostik ahamiyatga ega. Tahlil 
uchun bir martalik va bir kunlik siydik olinadi. Bir kunlik siydikning tahlili 
organizmning holatini aniqroq aks ettiradi. Tibbiy amaliyotda me‘yoriy holatlarda 
siydik tarkibida uchramaydigan ba‘zi moddalarni paydo bo‗lishini aniqlash katta 
ahamiyatga ega.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin