Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

hujayra ichi 
suyuqligi 
deb nomlanadi. 
Tananing ikkila xil suyuqligi bir-biridan suvning miqdori bilan farq qiladi. 
Hujayra ichi suyuqligi tana vazniga nisbatan o‗rtacha 35-45 % suvni, hujayra 
tashqari suyuqligi esa 15 % ni tashkil qiladi. Ular elektrolitlar tarkibi bo‗yicha ham 
farqlanadi. Hujayra tashqi suyuqligida, asosan, natriy, xlor va
 
bikarbonat ionlari, 


257 
hujayra ichi suyuqligida kaliy ionlari ko‗p bo‗ladi va anionlardan esa oqsil va 
fosfat efirlari ko‗p bo‗ladi. 
Sog‗lom odamda suv balansi mavjud. Agar inson tanasiga kuniga 2500 ml 
suv kirsa, shuncha miqdordagi suv chiqariladi. Shu bilan birga, odam 1200 ml toza 
suv iste‘mol qiladi, 1000 ml quyuq ovqat bilan kiradi va yana 300 ml endogen suv, 
ya‘ni u ovqat moddalarining oksidlanishi jarayonida hosil bo‗ladi. 
Organizmdan 1400 ml suv siydik bilan, o‗pka orqali 500 ml suv bug‗ 
shaklida, 500 ml teridan ter shaklida va 100 ml suv axlat bilan chiqariladi. 
Ta‘kidlanganidek, suv almashinuvida buyraklar, o‗pka, teri va oshqozon-ichak 
trakti ishtirok etadi. Buyraklar suv almashinuvini boshqaruvchi asosiy organdir. 
Mineral moddalar
almashinuviga kelsak, ular ham organizm uchun boshqa 
narsa bilan almashtirib bo‗lmaydigan moddalar hisoblanadi, deb aytish kerak. 
Ularning ahamiyati organ va to‗qima hujayralarining tarkibiga kirishi, suv bilan 
birgalikda osmotik bosimni doimiyligini ta‘minlashi, organizmning hujayra ichi va 
hujayra tashqari suyuqligini pH barqarorligini ta‘minlashi bilan belgilanadi. 
Mushaklarning qisqarishi va nerv o‗tkazuvchanligi jarayonlari ma‘lum 
darajada mineral elementlarga bog‗liq. Ular organizmda kechadigan turli 
almashinuv reaksiyalarida ishtirok etadi, bu ishtirok ko‗p metall tutuvchi 
birikmalarning strukturaviy komponenti va fermentlarning tarkibida uchraydigan 
birikmalarning metallari (temir, mis, molibden, kobalt, kalsiy, rux, magniy, 
marganets va h.k.) va B
12
vitamini (kobalt tutuvchi) birikmalar sifatida uchraydi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin