Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 Atseton tanachalari
ning qon tarkibidagi me‘yori 0,1-0,5 mg % atrofida 
bo‗ladi. Ularning miqdorini ko‗payishi qandli diabet, och qolish, qusish kabi 
patologik holatlarda kuzatiladi.
Qon tarkibida
lipidlar
380 mg % atrofida uchraydi. Plazmada ularning 
miqdori eritrotsitlarga nisbatan bir necha baravar ko‗p bo‗ladi. Qonda yog‗ 
miqdorining ko‗payishi 
lipemiya 
deb ataladi. 
Fiziologik lipemiya
ko‗p miqdorda 
yog‗li oziq ovqatlarni iste‘mol qilish natijasida kelib chiqadi va yog‗ almashinuvi 
jarayonlarining izdan chiqishi bilan bog‗liq bo‗lgan 
patologik lipomiya
dan ajralib 
turadi.
Sil, alkogolizm kasalliklari tavsifli 
lipemiyaligi 
bilan ajralib turadi, ba‘zida 
100 ml qon tarkibida 10 g gacha yetib boradi. Triglitseridlar, asosan, plazmada 
konsentlangan bo‗ladi va uning konsentratsiyasi 100-250 mg % ni tashkil qiladi.
Qondagi umumiy xolesterinning miqdori 150-250 mg % ni tashkil qiladi. Uning 
ko‗rsatkich darajasi aterosklerozda, podagrada, semirishda va diabetda sezilarli 
darajada oshib ketadi. Eritrotsitlarda plazmadagiga qaraganda letsetin ko‗proq, 
ya‘ni o‗zaro mos holda 350 va 150 mg % bo‗ladi. 
Qon tarkibida yod, rux, kobalt, marganets, molibden, mis va boshqa 
microelement-larning katta guruhi uchrab, ular moddalar almashinuvida muhim 
ahamiyatga ega bo‗ladi. Kasalliklar organizm minerallarining miqdorini chuqur 


254 
ravishda o‗zgartirib yuboradi. Isitma chiqqanda, natriy xloridning ulushi pasayadi, 
buyrak kasalligida u ko‗payadi. 
Raxit
da kalsiy va fosfor,
 Adisson
kasalligida kaliy 
va natriy, 
tetaniyada
kalsiy miqdorlari kamayadi. 
13.3. Jigar va uning faoliyati 
Jigar moddalarning oraliq almashinuvida markaziy o‗rinni egallaydi, shu 
sababli uni organizmning biokimyoviy laboratoriyasi deb atashadi. Jigar 
to‗qimasida turli xil reaksiyalarni katalizlovchi ko‗pdan ko‗p fermentlar uchraydi. 
Jigarning moddalar almashinuvidagi eng muhim ahamiyati, avvalambor, u 
go‗yo portal va umumiy qon aylanishi o‗rtasida yirik oraliq stansiya ekanligidadir. 
Jigardagi qonning 70 % dan ortig‗i portal tomir orqali, qolgan qismi jigar arteriyasi 
orqali jigarga kiradi. Portal tomir qoni ichakning so‗ruvchi yuza qismini yuvadi va 
natijada ichakda so‗rilgan moddalarning aksariyati (asosan, limfa tizimi orqali 
tashiladigan lipidlardan tashqari) jigar orqali o‗tadi. 
Shunday qilib, jigar organizmga oziq-ovqat bilan kiradigan moddalarning 
qondagi miqdoriy darajasini asosiy boshqaruvchisi sifatidagi funksiyani bajaradi. 
Jigar, shuningdek, ekskretor funksiyani ham bajaradi, bu uning detoksifikatsiya 
funksiyasi bilan chambarchas bog‗liqdir. Umuman olganda, aytish mumkinki, 
organizmda jigar tomonidan bevosita yoki bilvosita boshqarilmaydigan 
almashinuv yo‗llari yo‗q. Jigar moddalar almashinuvining barcha turlarida ishtirok 
etadi. Uning oqsil almashinuvidagi ishtiroki ushbu organning oqsilning deposi 
ekanligidadir. Jigar oqsillari 7 kunda tamoman yangilanadi. Aynan jigarda oqsil 
sintezi jarayoni jadal sodir bo‗ladi. U barcha zardob albuminlarini, globulinlarning 
ko‗p qismini, fibrinogen, protrombin va boshqa oqsillarni sintez qiladi. Bu organda 
aminokislotalarning turli xil o‗zgarishlari, siydikchil sintezi, siydik kislotasi hosil 
bo‗lishi, kreatin sintezi va boshqa sintetik jarayonlar sodir bo‗ladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin