13.2.4. Ba‘zi patologik holatlarda qon tarkibidagi o‗zgarishlar Tibbiy
amaliyotda
qonning
biokimyoviy
parametrlarini
aniqlash
organizmning fiziologik holatini aniqlashda, shuningdek, ko‗p kasalliklarni
davolash samaradorligini aniqlashda keng qo‗llaniladi. Yuqorida ta‘kidlanganidek,
qonning bufer tizimlari muhit reaksiyasining doimiyligini ta‘minlashda katta
ahamiyatga ega. Tibbiy amaliyotda ―ishqoriy zaxira‖ tushunchasi muhim
ahamiyatga ega bo‗lib, u moddalar almashinuvi jarayonida ortiqcha paydo
bo‗ladigan kislotalarning neytrallashtirishni ta‘minlaydigan barcha omillarni
anglatadi. Shu nuqtayi nazardan qon ishqoriy zaxirasining kamayishi atsidoz holati
deb yuritiladi.
Kompensatsiyalangan atsidoz qonning ishqoriy zaxirasining pasayishi
sifatida
aniqlanadi,
bunda
qonning
pH
ko‗rsatkichi
o‗zgarmaydi.
Kompensatsiyalanmagan atsidoz qon reaksiyasining kislotali tomonga o‗zgarishi
bilan tavsiflanadi.
Alkaloz ‒ qonning ishqoriy zaxiralari sezilarli darajada oshadigan holat, bu
―tog‗ kasalligi‖ va boshqa holatlarda kuzatiladi.
Tibbiy amaliyotda qon plazmasi oqsillari miqdori va tarkibini aniqlash muhim
ahamiyatga ega. Bu maqsadda
A/G (albuminlar/globulinlar) indeksi dan
keng
foydalaniladi, odatda, u
1,5-2,3 ga teng. Buyraklar va jigar kasalliklarida A/G ning
oshishi kuzatiladi. Qon zardobi oqsillarini elektroforetik uslubda o‗rganish asosida
ularning miqdoriy nisbatini baholash kasalliklarni aniqlashda muhim ahamiyatga
egaligi ma‘lum bo‗ldi. Masalan, jigar sirrozida albuminning ulushi pasayadi va
γ- globulin ning
konsentratsiyasi oshadi, nefroz kasalligi,
albumin va γ-globulinning