Biokimyo va molekulyar biologiya


izotonik  (yunoncha,  ―izos‖ – ―teng‖ so‗zidan olingan) yoki  fiziologik eritma



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

izotonik 
(yunoncha, 
―izos‖ – ―teng‖ so‗zidan olingan) yoki 
fiziologik eritma
deb yuritiladi. Klinikada 
ko‗pincha fiziologik eritma sifatida 100 ml suvda 0,9 g natriy xlorid (0,9 % eritma) 


247 
bo‗lgan eritmadan foydalaniladi. Eritmaning osmotik bosimidan ziyod yoki kam 
osmotik bosimli eritmalar o‗zaro mos holda 
gipertonik 
yoki
 gipotonik
eritmalar
deyiladi. 
Onkotik bosim.
Oqsillar mavjudligi tufayli yuzaga chiqadigan kolloid-
osmotik bosim
 onkotik bosim
deyiladi. Yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, u, odatda, 
kichik (0,03-0,04 atm.) ko‗rsatkichga ega bo‗ladi. Lekin uning biologik 
suyuqliklardagi ahamiyati juda katta. Masalan, och qolish, ovqat hazm qilish trakti, 
buyraklar kasalliklarida qon tarkibidagi oqsillar miqdorini kamayishi bilan 
(gipoproteinemiya) tufayli qon va to‗qima suyuqliklaridagi onkotik bosim o‗rtasida 
farq paydo bo‗ladi. Natijada, suv qondan yuqori bosimli tomonga, ya‘ni to‗qimaga, 
ko‗pincha teri osti to‗qimasiga intiladi va shu yerning o‗zida yig‗iladi ham. Bunda 
shish paydo bo‗lib, u 
ochlik 
yoki
 buyrak shishi
deb yuritiladi. 
Muhitning pH ko‗rsatkichi
. Vodorod ionlari konsentratsiyasiga asoslangan 
holda aytish mumkinki, muhit reaksiyalari neytral, kislotali va ishqoriy bo‗lishi 
mumkin. Bu 1 litr hajmdagi suvda dissotsialangan ionlar soni 1,10
-14
gramm bilan 
belgilanadi. Suv molekulasi bitta (H
+
) va bitta (OH

) ioniga dissotsiatsiyalanganligi 
sababli (H
+
) va (OH

) larning konsentratsiyalari 1.10
-7
ni tashkil qiladi. Masalan, 
vodorod ionlarining konsentratsiyasi 1.10
-3
gacha kamaysa, gidroksil ionlarining 
konsentratsiyasi 1.10
-11
gacha ko‗tariladi va muhitning reaksiyasi ishqoriy bo‗lib 
qoladi. 
Agar 
vodorod 
ionlari 
kontsentratsiyasi 
gidroksil 
ionlari 
kontsentratsiyasidan yuqori bo‗lsa, muhitning reaksiyasi kislotali bo‗ladi. 
Qonga doimiy ravishda har xil kislotali yoki ishqoriy moddalar kirib turishi 
sababli, ular parchalanish mahsuloti yoki moddalar almashinuvining so‗nggi 
metabolitlari bo‗lib, muhit reaksiyasini doimiy tarzda saqlab turish juda muhimdir. 
pH ko‗rsatkichining birozgina siljishi organizmni og‗ir holatga olib keladi. Qon pH 
ko‗rsatkichining kislotali tomonga siljishi 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin