250
Shuningdek, turli polisaxaridlarning sulfat efirlari tabiatli bir nechta xil sintetik
qon antikoagulyantlari olingan.
Antikoagulyantning miqdori ko‗p bo‗lganda, ularning ko‗pchiligi trombin
bilan birikadi va fibrinogenni fibringa aylanishiga yo‗l qo‗ymaydi. Yana bir usul
kalsiy ionlarini qondan tozalash hisoblanadi. Qonga natriy oksalat (oksalatli qon)
yoki natriy sitrat (sitratli qon) qo‗shilsa, unda mavjud bo‗lgan barcha kalsiy
ionlarini bog‗lash mumkin va shu bilan protrombinning trombinga aylanish
reaksiyasi ingibirlanadi. Odatda, tirik organizmda qon ivimaydi. Ammo ba‘zi
kasalliklar, masalan, aterosklerozda tomirlarda qon quyqalari paydo bo‗lishi
mumkin (tromboflebit). Bunday hollarda antikoagulyantlar qon quyqalarini oldini
olish uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: