01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
13.2.2. Qonning osmotik, onkotik bosimi va pH ko‗rsatkichi Osmotik bosim. Har qanday suyuqlikning, shu jumladan, qon va limfaning
bosimi unda erigan moddalarning molar konsentratsiyasi bilan belgilanadi va ular
osmotik faol deb nomlanadi. Bu moddalar jumlasiga elektrolit bo‗lmagan
moddalar (oqsillar, mochevina, kreatin, shakar va boshqalar) hamda turli xil
elektolitlar, tuzlar va kislotalar (osh tuzi, xlorid kislota, natriy gidrokarbonat, natriy
gidrodigidrofosfat va boshqalar) kiradi. Elektrolit bo‗lmagan moddalarga nisbatan
elektrolitlar osmotik bosimga kuchliroq ta‘sir ko‗rsatadi.
Bu elektrolitlarning suvdagi eritmalari ionlarga ajralishi va ularning osmotik
faol ekanligiga bog‗liq. Shunday qilib, biologik suyuqliklarda tuzlarning, avvalo,
natriy xloridning suvda ionlarga dissotsiatsiyalanishi tufayli osmotik bosim
ko‗rsatkichini doimiyligi ta‘minlanadi. Odam qonining bosimi 37° C da me‘yoriy
chegarada bo‗lganda, 7,8-8,1 atm. chegarasida bo‗ladi. Kation va anionlar bir-
biriga teng bo‗lgan osmotik bosimni hosil qiladi. Osmotik bosimning qondagi
doimiyligini ta‘minlashda organizmning buyraklari va boshqa boshqaruv
mexanizmlari ishtirok etadi.
Izolyatsiyalangan organlar bilan o‗tkazilgan tajribalardan ma‘lum bo‗ldiki,
hayotiy faoliyatning ta‘minlanishiga oid tajribalarni olib borishda ularning
tarkibidagi ma‘lum tuzlarning konsentratsiyasini qondagi konsentratsiyaga yaqin
eritmalaridan foydalanish asosida o‗tkazish mumkin ekan. Shuning uchun tibbiy
amaliyotda ko‗p qon yo‗qotganda, og‗ir kuyish holatlarida bemorga osmotik
bosimi qonning osmotik bosimiga yaqin bo‗lgan eritmalar kiritiladi. Ringer-Lokk
eritmasi bu talabga boshqa barcha eritmalarga nisbatan yaxshiroq javob beradi,
uning 1 litrida gramm hisobida: glyukoza - 1,0, natriy xlorid - 9,0, kaliy xlorid -
0,2, kalsiy xlorid - 0,2, natriy gidrokarbonat - 0,1 bo‗ladi. Bu eritmaning osmotik
bosimi qonning osmotik bosimi bilan bir xil va shuning uchun