242
13. FUNKSIONAL BIOKIMYO
13.1. Funksional biokimyoning predmeti va vazifalari
Funksional biokimyo – bu nisbatan yosh fan va biokimyoning eng murakkab
shahobchasi
hisoblanadi, u statik va dinamik biokimyo asosida hujayralar,
to‗qimalar yoki organlarning strukturasi va fizik-kimyoviy
xossalarini hisobga
olgan holda, ularning funksiyalarini makromolekulalar strukturaviy tuzilishlariga
va ularda sodir bo‗ladigan biokimyoviy jarayonlarga bevosita bog‗liqligiga oid
tushunchalarni qamrab oladi.
Funksional biokimyo endigina rivojlanib bormoqda
va biokimyoning ushbu
bo‗limida ayrim hujayra, to‗qima va organlarning hayotiy faoliyatini tushunishga
sintetik asosda yondashuvlar asosida ish ko‗riladi. Funksional biokimyo barcha
to‗qimalarda sodir bo‗ladigan biokimyoviy jarayonlarni to‗liq
qamrab oladi va
ularni molekulyar darajada ko‗rib chiqadi. Shunday qilib,
funksional biokimyoni
o‗rganish predmeti qonda, jigarda, mushaklarda, buyrakda, biriktiruvchi va suyak
to‗qimalarida, asab tizimida va boshqalarda sodir bo‗ladigan biokimyoviy
jarayonlarning yig‗indisi hisoblanadi. Quyida funksional
biokimyoning umumiy
tushunchalariga tegishli ba‘zi bir umumlashtiruvchi fikrlar bo‗yicha mulohaza
yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: