12.2.4. Oqsil va lipid almashinuvining o‗zaro bog‗liqlik jihatlari Yuqorida keltirilgan ―oqsillar = karbonsuvlar‖ va ―karbonsuvlar = lipidlar‖ga
oid almashinuv bog‗liqlik jihatlari, ularni yagona ―oqsillar = karbonsuvlar =
lipidlar‖ zanjiri bo‗yicha karbonsuvlar oqsillar va lipidlar orasidagi bog‗lanishnn
ta‘minlovchi bog‗lovchi halqa bo‗lib xizmat qiladi deb tushunishga asos
hisoblanadi. Tabiatda aslida aynan shunday bo‗lishi mumkin, lekin oqsillar va
lipidlar orasidagi o‗zaro bog‗lanishlarning ancha qisqa yo‗llari ham mavjud.
Lipidlarning parchalanishini asosiy mahsulotlaridan biri bo‗lgan atsetil-KoA UKS
da ketokislotalarni hosil qiladi, ular aminlanishi natijasida aminokislotalarga
aylanadi. Lipidlar gidrolizining boshqa yana bir muhim mahsuloti ‒ glitserin-qator
almashinuv jarayonlari tufayli glitseraldegidfosfatga, u orqali esa siklik
aminokislotalarni biosintezida ishtirok etuvchi shikim kislotaga aylanadi. Ma‘lum
darajada lipidlarning sintezlanish jarayonlari parchalanayotgan oqsillar hisobiga
ham yuz berishi mumkin.
Aminokislotalarning dezaminlanishidan hosil bo‗lgan mahsulotlar UKS va
boshqa metabolitik jarayonlar orqali pirouzum kislotaga aylanadi, uning
oksidlanuvchi dekarboksillanishidan yog‗ kislotalari va lipidlarning boshqa
komponentlarini sintezlanishi uchun kerakli bo‗lgan dastlabki birikma ‒ atsetil-
KoA hosil bo‗ladi. Oqsil va lipid almashinuvining o‗zaro bog‗lanishi, bundan
tashqari bevosita har xil lipoprotein komplekslarini hosil bo‗lishida ham namoyon
bo‗ladi. Oqsillarning biosintezi va ularga tegishli funksiyalarning bajarilishi
hujayralar membranalarining tuzilishi va xususiyatlariga chambarchas bog‗liqdir,
chunki ularda lipidlar muhim rol o‗ynaydi. Bundan tashqari, boshqa birikmalarda
bo‗lgani kabi lipidlar almashinuvida ham oqsillar muhim ahamiyatga ega bo‗ladi.
12.2.5. Metabolizm jarayonlarning birligi va tashqi muhit. Katabolizm va anabolizm fermentlarining har xil lokalizatsiyasi tufayli
hujayrada bu qarama-qarshi almashinuv jarayonlari bir vaqtning o‗zida sodir
bo‗ladi. Ularni markaziy yoki boshqacha aytganda, amfibolik jarayonlar bir-biri
bilan bog‗laydi (26-rasm).