236
yagona tizimi vujudga keladi, bu sifat jihatdan yangi shaklga – hayot deb
nomlangan mo‗jizaviy hodisani yuzaga keltiradi. Organizmning yaxlitligi deganda,
uning alohida qismlari uchun xos bo‗lmagan, lekin ularning o‗zaro ta‘sirlanishi
tufayli yuzaga chiqadigan yangi sifat va xossalari bilan tavsiflanadigan butunlik
tushiniladi.
Organik birikmalarning alohida sinflari almashinuvining o‗zaro bog‗liqligi,
ayniqsa, ularning o‗zaro o‗zgarishi jarayonida yaxshi namoyon bo‗ladi. Tirik
mavjudotlar tanasida yuz beradigan moddalar almashinuvi xaotik tarzda davom
etmay, balki qat‘iy integratsiyalangan va ―noyob tarzdagi sozlikda‖ sodir bo‗ladi.
Organik moddalarning barcha transformatsiyalari, anabolizm va katabolizm
jarayonlari bir-biri bilan chambarchas bog‗liqdir. Xususan, sintez va parchalanish
jarayonlari
kimyoviy
jarayonlarni
zaruriy
yo‗nalishga
yo‗naltiradigan
neyrogumoral mexanizmlar orqali o‗zaro bog‗liq holda muvofiqlashtiriladi va
boshqariladi. Har qanday kimyoviy reaksiyaning jadalligi, yo‗nalishi fermentlar
tomonidan belgilanadi, ya‘ni aytish mumkinki oqsillar, lipidlar, karbonsuvlar va
nuklein kislotalarning almashinuvigacha bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. O‗z navbatida,
har qanday oqsil-fermentni sintezi uchun DNK va ribonuklein kislotalarning uch
turi: t-RNK, m-RNK va r-RNK larning ishtirokini talab qilinadi. Hozirgi vaqtda
asosiy oziq-ovqat manbalari tarkibidagi karbonsuv, oqsil va yog‗ molekulalarining
parchalanishi tufayli energiya hosil bo‗lishini integratsiyalaydigan uchta asosiy
bosqichi mavjudligi isbotlangan.
Dostları ilə paylaş: