231
H-Ser-Asp-Ala-Ala-Val-Asp-Tre-Ser-Ser-Glu-Ile-Tre-Tre-Liz-Asp-Ley-Liz-
Glu-Liz-Liz-Glu-Val-Val-Glu-Glu-Ala-Glu-Asp-OH
Timozin α
1
Timopoetin II ning faol markazi pentapeptid bo‗lib,
yuqoridagi formulada
to‗q rangda ko‗rsatilgan va polipeptidning N-uchidan hisoblanganda 32-36-
o‗rinlarini egallaydi. Bu besh aminokislotadan tashkil topgan peptid bo‗lagi
kimyoviy yo‗l bilan sintezlangan va u timopentin-5 deb nomlanadi; uni
organizmga kiritilganda, nomaxsus himoya omillarini kuchaytiradi.
Tanadagi
timopoietin α
1
T-hujayralar differensiatsiyasini so‗nggi bosqichlarini boshqaruvi
funksiyasini bajaradi. Bundan tashqari, u leykemiya
va immunitet tanqisligini
davolashda ijobiy farmakologik ta‘sirga ega.
11.12. Prostaglandinlar
Keyingi yillarda prostaglandinlar va ularga o‗xshash biologik faol birikmalar
(leykotrienlar,
prostatsiklinlar,
tromboksanlar)
mavjudligi
to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar e‘lon qilindi. Ular to‗qimalarda keng uchraydi va organizmning
ko‗plab fiziologik funksiyalarning kechishiga kuchli farmakologik ta‘sir ko‗rsatish
orqali, xususan, buyraklarning gemodinamikasi, silliq
mushaklarning qisqarish
funksiyasi, oshqozonning sekretor funksiyasi, yog‗ va suv-tuz almashinuvi va
h.k.larning boshqariluvida ishtirok etadi. Shunday ma‘lumotlar
mavjudki,
prostaglandinlar ―chin‖ gormonlar emas, lekin ularning biologik samarasi
gormonlar ta‘sirini
modullash orqali, aftidan, siklik nukleotidlar vositachiligida
bilvosita yo‗l bilan amalga oshadi.
S.Beogstryom va hammualliflarning taxminiga
binoan, barcha prostaglandinlarning dastlabki mahsulotlari polito‗yinmagan yog‗
kislotalari, xususan, araxidon kislotasi hisoblanadi. Birlamchi prostaglandinlar
barcha hujayralarda (eritrotsitlardan tashqari)
sintezlanadi, ular oshqozon-ichak
traktining silliq mushaklariga, reproduktiv va nafas olish to‗qimalariga,
shuningdek,
qon tomirlariga, boshqa gormonlarning faolligini modullashga, nerv
qo‗zg‗alanishiga, shamollash jarayonlariga, buyrakdagi
qon oqimining tezligini
avtonom boshqariluviga va h.k.larga sAMF va sGMF orqali bilvosita yo‗l bilan
ta‘sir etadi.
Araxidon kislotasini o‗zgarishini bitta yo‗li uning
Dostları ilə paylaş: