Biokimyo va molekulyar biologiya


 Qalqonsimon bez oldi bezi gormonlari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

11.7. Qalqonsimon bez oldi bezi gormonlari
Ushbu bezlarning epitelial tanachalari ‒ bu qalqonsimon bezlar atrofida 
joylashgan 4 ta oval shakldagi tuzilma bo‗lib, og‗irligi 0,1-0,5 g keladi. 
Qalqonsimon bezoldi bezi oqsil tabiatli paratireoid gormonini (paratgormoni) 
ishlab chiqaradi, uning ta‘siri kalsiy, fosfor va D vitamini almashinuvi bilan 
chambarchas bog‗liq. 


227 
Gipofunksiya
sharoitida tutqanoq rivojlanadi, teri, tirnoqlarning rivojlanishi 
izdan chiqadi. 
Giperfunksiya 
sharoitida og‗ir umumiy kasallik simptomlari: mushaklarning 
kuchsizligi, qusish, diareya, bir necha kun ichida o‗limga olib kelishi mumkin 
bo‗lgan 
poliuriya
rivojlanadi. 
11.8. Buyrakusti bezi gormonlari 
Buyrakusti bezlari buyrak yaqinida joylashgan, vazni 6-11 gr bo‗lgan ikkita 
mayda tanachadir. Funksional nuqtayi nazardan, buyrakusti bezlari ikki xil: 
po‗stloq va mag‗iz (miya) qismlardan iborat. Po‗stloq qismi to‗qima umumiy 
qismining 9/10 ulushini tashkil qilsa, miya qismi uning 1/10 ulushini tashkil qiladi. 
Ular turli xil gormonlar ishlab chiqaradi. 
Buyrakusti bezini miya qismi.
Bu endokrin bez 
adrenalin
va 
noradrenalin
ishlab chiqaradi, ularni 
katekolaminlar 
yoki 
pirokatexinlar 
deb yuritiladi. 
 
 
Adrenalin va noradrenalin teri, shilliq pardalar tomirlarida qon bosimining 
oshishiga va yurak urish tezligining oshishiga olib keladi. Biroq, ularning qon 
aylanishiga 
ko‗rsatadigan 
ta‘siri 
biroz 
farqlanadi. 
Adrenalin 
kichik 
konsentratsiyalarda yurak va skelet mushaklari arteriolalarini kengayishiga olib 
keladi, bu esa jismoniy ish paytida ushbu organlarni qon bilan yaxshi ta‘minlashga 
yordam beradi. 
Noradrenalin, aksincha, qon oqimining barcha qismlarida tomirlarning 
qisqarishini keltirib chiqaradi. Bu silliq mushaklarning qisqarishiga va bronxlar va 
ichak mushaklarining bo‗shashishiga yordam beradi. Adrenalin jigar va 


228 
mushaklarda glikogenning parchalanishini stimullaydi, bu qonda qand miqdorining 
oshishiga olib keladi va noradrenalin esa metabolizmga umuman ta‘sir qilmaydi, u 
faqat qon aylanishiga ta‘sir etuvchi gormon hisoblanadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin