Biokimyo va molekulyar biologiya


Gipofiz bezining o‗rta qismi gormonlari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Gipofiz bezining o‗rta qismi gormonlari.
Gipofiz bezining bu qismida 
intermedial 
yoki 
melanomorf 
gormon 
ishlab 
chiqariladi, 

tirozin 
aminokislotasini melaninga aylanishini stimullaydi. Melanin – teri rangining och 
yoki to‗q darajasini belgilovchi pigment hisoblanadi. Addison (bronza) kasalligi 
ushbu gormonning ko‗p miqdorda ishlab chiqarilishi bilan bog‗liq. 
Gipofiz bezining keyingi qismi gormonlari. 
Gipofiz bezining bu qismida 
oksitotsin va vazopressin hosil bo‗ladi. Gormonlarning ikkalasi ham, peptid 
tuzilishiga ega va nonapeptidlardir. 
Oksitotsin
silliq mushaklarning, ayniqsa, 
bachadonning kuchli qisqarishini keltirib chiqaradi va emizikli (laktatsiya davrida 
bo‗lgan) hayvonlarda sut ajralishini stimullaydi. Oksitotsindan tibbiyotda keng 
foydalaniladi, chunki tug‗ruqdan keyin qon ketishni to‗xtatadi va to‗lg‗oqni 
stimullaydi. 
Oksitotsinning kimyoviy tuzilishi: 
 
 
S -----------------------S 
 
| | 
 
 
H-Sis-Tir-Ile-Gln-Asn-Sis-Pro-Lei-Gly-CO-
NH
2
 
 
Vazopressin 
qon bosimini oshiradi va diurezni pasaytiradi. Diurezning 
pasayishi vazopressin buyrak kanalchalarida suv va mineral tuzlarning 
adsorbsiyasini boshqaruvi tufayli bo‗ladi. Vazopressinning yetarli darajada 
chiqarilmasligi shakarsiz diabet deb nomlangan kasallikka olib keladi. Ushbu 
kasallikning xarakterli xususiyati, shundaki, bunda siydik ko‗p miqdorda (kuniga 
hattoki 20 litrgacha) ajratiladi. Vazopressin oksitotsindan ikki aminokislota 
bo‗yicha farq qiladi, uni molekulasini N-uchidan 3-o‗rindagi izoleysin o‗rniga 
fenilalanin va 8-o‗rindagi argininn o‗rniga leysin joylashgan bo‗ladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin